Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Qayta moliyalash stavkasi amaldagi darajada qoldirildi

28.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 

 

Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalash stavkasining amaldagi qiymati 2018 yil 25 sentyabrda belgilangan. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oʻzgarish dinamikasi – bu yerda.

 

Mazkur qaror inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini saqlash, ijobiy real foiz stavkalarini qoʻllab-quvvatlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish zaruratiga asoslangan.

 

Regulyatorning хabarida inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar, iqtisodiy faollikning ichki va tashqi sharoitlari, qabul qilingan qarorning pul-kredit sharoitlari toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek prognozlar va asosiy хatarlar taqdim etilgan.

 

Markaziy bank Boshqaruvining qayta moliyalash stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2019 yilning 20 apreliga rejalashtirilgan.