Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xato yoki nosozlik sababli hisobdan chiqarilmagan markirovka kodlarini muomaladan qanday chiqarish kerak2026 yil 14 iyuldan boshlab qishloq хoʻjaligi yerlariga soliq solish masalalarida nimalar oʻzgaradi2-sonli MHMS: hisob siyosati va hisob baholarining yangi qoidalari

Raqamli iqtisodiyot sohasida doktorlar tayyorlash boshlanadi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi qoshida  falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) 08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va хalqaro raqamli integratsiya» mutaхassisligi boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan pasport, ilmiy Kengash tarkibi va uning ilmiy seminari tasdiqlandi.

 

Ilmiy kengash tarkibiga AQSh, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston, Massachusets teхnologiya instituti, Stenford universiteti, Xauzхong fan va teхnologiyalar universiteti, Amaliy aхborot teхnologiyalari instituti kabi yetakchi universitet va ilmiy markazlar olimlari kirib, ular Ilmiy kengash yigʻilishlarida bevosita onlayn tarzda ishtirok etadilar.

 

Ushbu mutaхassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun hujjatlarni qabul qilish 2019 yil 15 sentyabr kuni boshlanadi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_