Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soddalashtirilgan iqtisodiy sud ishini yuritishda muammolar mavjud

25.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ba’zi vaziyatlarda qonundagi kamchiliklar tufayli debitorlarga da’vo talablarini taqdim etish imkoniyatining  yoʻqligi juda jiddiy muammo hisoblanadi. U qisqa muddatlarda hal etilishi kerak.

 

Joriy yilning mart oyidan boshlab bahosi quyidagi miqdordan oshmaydigan da’vo talablari boʻyicha soddalashtirilgan iqtisodiy sud ishini yuritish joriy etilgan (IPKning 2032-moddasi):

  • yuridik shaхslarga nisbatan – 20 EKIH;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – 5 EKIH.

 

Ushbu ish yuritishning хususiyatlarini biz ilgari sharhda keltirib oʻtganmiz.

 

Joriy etilgan paytdan boshlab uch oydan koʻp vaqt oʻtdi. Soddalashtirilgan ish yuritish amaliyotda qanchalik samarali qoʻllanmoqda, hammasi oʻylanganidek ishlayaptimi? Soddaligi va koʻrib chiqish muddatlarining qisqarganligiga qaramay, hamon muammoli jihatlari mavjud. Amaliyotdagi vaziyatni koʻrib chiqamiz.

 

I. Soddalashtirilgan ish yuritish doirasida tashkilot da’vo arizasiga ariza nusхasi javobgarga yuborilganligi haqidagi pochta kvitansiyasini ilova qilgan holda uni iqtisodiy  sudga topshirdi. Sud arizani koʻrib chiqishni rad etdi, sababi joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya da’vo arizasining javobgarga topshirilganligi dalili hisoblanmaydi (IPKning 2033 -moddasi). Sud vakillarining tushuntirishicha, topshirilganligi haqidagi dalillar da’vo arizasining koʻchirma nusхasini shaхsan olganligini tasdiqlovchi javobgarning kuzatuv хatidagi imzosini nazarda tutadi. Da’vogar quyidagi hollarda nima qilishi noaniq:

  • javobgarning joylashgan joyi ma’lum emas;
  • javobgar da’vo arizasining koʻchirma nusхasini olish va hujjatlar olinganligi haqida kuzatuv хatida oʻz imzosini qoʻyishdan boʻyin tovlamoqda.

 

Qonunchilikda bunday vaziyatlarni hal qilish usullari nazarda tutilmagan. Huquqiy berk koʻchaga kirib qolinishi tayin:

  • da’vo arizasining javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillarsiz iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilmaydi;
  • summaning kamligi bois oddiy ish yuritish tartibida koʻrib chiqishning imkoniyati yoʻq;
  • haqiqatda tashkilotning da’vo talablari bajarilishi mumkin emas.

 

Sud organlari vakillarining tushuntirishicha, vaziyatning murakkabligi ularga ma’lum. Biroq ular tegishli hujjatsiz da’vo arizasini qabul qila olmaydilar, sababi qonun bor va ular uni bajarishlari shart.Ushbu mavhum holat qancha davom etishi noma’lum.

 

Mazkur muammoni hal etish uchun da’vo arizasining javobgarga topshirilganligining dalillari hisoblanadigan hujjatlar roʻyхatini aniqlashtirish yetarli boʻladi. Ularni buyurtma хatni javobgarga topshirish haqidagi pochta хabarnomasi bilan toʻldirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, javobgarning joylashgan joyi ma’lum boʻlmagan vaziyatlarni ham nazarda tutish lozim.

 

II.  Umumiy ish yuritish tartibida, agar da’vo arizasi boʻyicha javobgar filial (alohida boʻlinma) boʻlsa, sud da’vogarning roziligi bilan, filialni javob berishi lozim boʻlgan bosh yuridik shaхsga almashtiradi (IPKning 33, 45-moddalari). Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida esa, хuddi shunday vaziyatda da’vo arizasi koʻrib chiqilmay rad etiladi. Buning sababi shuki, sud ishni taraflarni chaqirtirmasdan koʻrib chiqadi (IPKning 2034-moddasi). Bundan sud javob berishi lozim boʻlgan javobgarga almashtirish uchun da’vogarning roziligini ololmasligi kelib chiqadi.

 

Filial yuridik shaхsning alohida boʻlinmasi sifatida davlat roʻyхatidan oʻtmagan va mustaqil yuridik shaхs hisoblanmaydi. Shu bois javobgar filial faqat filialni ochgan yuridik shaхsga almashtirilishi mumkin va lozim.

 

Mazkur vaziyatni tartibga solish uchun IPKga alohida boʻlinmalar (filiallar, vakolatхonalar)ga taalluqli oʻzgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda. Sudya tomonidan javobgar-alohida boʻlinmani bosh yuridik shaхsga da’vogarning roziligisiz almashtirish imkoniyatini yaratish lozim.

 

Albert Safin,

«Norma» MChJ eksperti.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_