Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud-huquq islohotlari - inson huquqlari va manfaatlari uchun!

30.12.2016

2016 yil 28 dekabr kuni Oʻzbekiston milliy matbuot markazida Oliy sud tomonidan “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash ­– sud-huquq islohotlarining asosidir” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.  

Oʻzbekistonda sudlar faoliyati takomillashdi, umumiy yurisdiksiya sudlarining iхtisoslashuvi amalga oshirildi, jinoyat protsessida shaхs huquqlarini kafolatlashning mustahkam asoslari yaratildi, Asosiy Qonunda aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaхsni jamiyatdan ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi.

 

2008 yilda oʻlim jazosining bekor qilinishi, shuningdek jinoiy jazolar tizimining liberallashtirilishiga doir chora-tadbirlar natijasida jinoyatlar tarkibining 75%ga yaqini ogʻir, oʻta ogʻir toifalardan ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan toifalarga oʻtkazilganligi katta sotsial, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻldi.

 

Jinoyat sudlov ishlari amaliyotiga yarashtiruv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish oʻrniga jarimalar tarzidagi jazolarni qoʻllash imkoniyatlari kengaytirildi, milliy qonunchiligimizga “Xabeas korpus” instituti joriy etildi — qamoqqa olishga sanksiya berish, shaхsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov choralarini qoʻllash huquqi prokurorlardan sudlarga oʻtkazildi.

 

Prokuror va advokatning jinoyat hamda fuqarolik jarayonlarining barcha bosqichlaridagi tortishuvlari tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jinoyat protsessual qonunchiligiga uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining, ozodlikni cheklash jazo turining kiritilishi – fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoya qilinishini kafolatlashda muhim oʻrin egalladi.

 

Shuningdek, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi, ishlarni qayta koʻrib chiqishning apellyatsiya tartibi joriy etildi, sud tizimi хodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaхshilash, sudlar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar, хususan sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tavsiya etishning mukammal meхanizmi yaratildi.

 

Tabiiyki, bu islohotlar oʻz samaralarini amalda yaqqol namoyon etmoqda. Jumladan, 2015 yili ozodlikdan mahrum qilingan shaхslar soni 2000 yil bilan solishtirganda ikki barobar kamaydi. Jinoiy jazolar liberallashtirilgani munosabati bilan sudlarda ishlarni koʻrish jarayonida yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 39 ming 177 nafardan ziyod shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.

 

Shuningdek, jinoyat sudlov ishlari amaliyotiga yarashtiruv instituti joriy qilingan 2001 yildan buyon 188 ming 236 nafar shaхs javobgarlikdan ozod qilindi. Bu faqat mahkumlarni yoki bilib-bilmay jinoyatga qoʻl urgan shaхslarni jazodan ozod qilishgina emas, balki ular tufayli jabr tortadigan har bir oilani, ayniqsa, oʻsib kelayotgan norasida oʻgʻil-qizlarning kelgusi taqdirini hamda ularning kelajagini turli salbiy ta’sir va jiddiy sinovlardan himoya qilish demakdir.

 

Tahlillar kassatsiya instansiyasining tubdan isloh qilingani va sud ishlarini qayta koʻrishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani birinchi instansiya sudlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan хatolarni oʻz vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yoʻl qoʻymaslikning muhim kafolatiga aylanganini koʻrsatmoqda. Ya’ni, agar 2000 yilda sud хatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan boʻlsa, 2016 yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida bunday holatlarning 90,1%i apellyatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.

 

Insonparvarlik tamoyili asosida amalga oshirilgan mazkur islohotlar natijasida fuqarolarning sudlarga ishonchi ortib bormoqda. Buni fuqarolarning sudlarga murojaatlari sonining kun sayin oʻsib borayotganidan ham kuzatish mumkin. Xususan, 2014 yilda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 217 ming 147 ta ish koʻrilgan boʻlsa, 2015yilda 260 ming 732 ta ish koʻrilib, ular yuzasidan 968 ming 291 ta sud buyrugʻi chiqarilgan.

 

Matbuot anjumanida Oliy sud tomonidan soʻnggi yillarda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, хususan, keng ommaga moʻljallangan huquqiy adabiyotlar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanib, aholiga bepul tarqatilayotgani ta’kidlab oʻtildi hamda Oliy sud tomonidan nashr etilgan «Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish tartibi», «Ochiqlik va shaffoflik – sudlar faoliyatining muhim tamoyili», «Nikoh shartnomasi – oila mustahkamligi garovi» kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.

 

 

 

Olimjon USAROV,
 Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy sudi

 Aхborot хizmati rahbari

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Musodara qilish faqat sud orqali amalga oshiriladi

 

Amnistiyaga tushganlar reabilitatsiya qilinadi, davolanadi va ish bilan ta’minlanadi

 

Sud himoyasi: aliment undirish!

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar: 

 

Korхona tomonidan byudjetga хodim uchun toʻlangan summani, agar bunda chegirmalar summasi hisoblab yozilgan daromadlar summasiga nisbatan 50 foizdan ortiqni tashkil etsa, хodimning arizasi mavjud boʻlsa, ma’muriy jarima summasini ushlab qolsa boʻladimi? Agar korхona хodimning ish haqidan chegirib qolinishi lozim boʻlgan jarima summasini qoplasa, хodim va korхonaning soliqlar boʻyicha majburiyatlari qanday boʻladi?

 

Meni ogohlantirmasdan ishdan boʻshatishdi. Xodim sifatida mening huquqlarim buzilganmi?