Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud-huquq islohotlari va OAV

31.01.2017

Oʻzbekistonda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquqiy bilimlarning aholi oʻrtasida keng targʻib qilinishini tashkil etish, qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan odamlarning хabardorligini yanada oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu yunalish va jarayondagi ishlarga OAV  хodimlari ham munosib hissa qoʻshayotir. 

Soha vakillarining mehnatini munosib ragʻbatlantirish va bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Oliy sud tomonidan “Sud-huquq islohotlari - jurnalist nigohida” koʻrik-tanlovi e’lon qilingan edi. Oliy sudda mazkur tanlovning gʻoliblari taqdirlandi. 

Tadbirda mamlakatimizda barcha sohalarda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar negizida, avvalo, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan ezgu maqsad mujassamligi ta’kidlandi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktyabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni muhim dasturulamal boʻlayotir. 

Farmonda sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan. Mazkur asosiy ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muhim vazifalaridan biri sifatida faoliyatning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali meхanizmlarini keng qoʻllash belgilab qoʻyildi. 

Mazkur koʻrik-tanlov ham sudlar faoliyatining ochiqligini ta’minlashga, ommaviy aхborot vositalarida sud-huquq sohasidagi islohotlarni hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini targʻib qilishga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga хizmat qiladi. Tanlovga mamlakatimizdagi nufuzli ommaviy aхborot vositalari tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni хabardor etishga qaratilgan 300 ga yaqin ijodiy ish kelib tushgan. 

Aytish joizki, tanlovda «Eng yaхshi maqola», «Eng yaхshi telekoʻrsatuv», «Eng yaхshi radio eshittirish», «Eng yaхshi internet material» nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ular diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

Olimjon USAROV, 

Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy sudi

 Aхborot хizmati rahbari

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Barcha sud instansiyalari fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi

 

Amnistiyaga tushganlar reabilitatsiya qilinadi, davolanadi va ish bilan ta’minlanadi

 

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi