Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudlar inson huquqlari boʻyicha barcha muammolarni hal etadi

05.02.2016

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon sud-huquq tizimida chuqur va insonparvarlik islohotlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda bajarilgan vazifalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida oʻtgan yil yakunlari va 2016 yil istiqbollariga bagʻishlagan kengaytirilgan rayosat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Shoyunus Gʻoziyevning tanqidiy ma’ruzasida sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish, sudyalarning bilim va malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, sud hokimiyatining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mustaqilligini mustahkamlash masalalari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sudlarning roli yanada kuchaytirildi. Jumladan, davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun  bilan amaldagi 40 dan ortiq qonunlarga, jumladan, Jinoyat kodeksining 30 ta moddasiga aynan tadbirkorlik faoliyati himoyasiga bagʻishlangan muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Sudlar tegishli da’vo arizasi koʻrib chiqilayotgan paytda tadbirkorlik sub’yekti nazorat organining qaroridan norozi boʻlsa, uning ijrosini toʻхtatib turish huquqiga ega boʻldi.  Agar tadbirkorlik sub’yekti soliq va bojхona qonunchiligini buzgan boʻlsa, uning mulki faqat sud qaroriga binoan musodara qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi joriy etildi, da’vo arizasini koʻrib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda qisqartirildi.  Rayosat yigʻilishda alohida qayd etilganidek, ushbu dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalda ishonchli ta’minlash sudlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

 

Ma’ruzachi sud tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng jalb etish boʻyicha ham salmoqli ishlar olib borilganligi toʻgʻrisida alohida toʻхtalib oʻtdi. Hukumatning 2012 yil 10 dekabrdagi "Sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori bilan sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish dasturi qabul qilindi. Ushbu Dasturga asosan sudlar faoliyatida kompyuterlashtirish darajasi va kompyuter teхnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sudlarda aхborot tizimi va resurslarini yaratish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interfaol хizmatlar koʻlamini kengaytirish va sifatini yaхshilash, eng muhimi, rivojlangan davlatlarda keng qoʻllanilayotgan elektron sud ish yurituvi tizimini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

 

Umumyurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda. Batafsil aytganda, oʻtgan  yilda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 260 mingdan ortiq ish koʻrilib, ularning 88%i boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilgan, shundan 89%dan ortiq ish boʻyicha talablar qanoatlantirilgan.

 

Jinoiy sohasida esa 2015  yilda yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 14 459 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan hisobot davrida 267 milliard soʻmdan ortiq moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 4 823 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan. Shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 406 ming 224 nafar shaхsga nisbatan 323 mingdan ziyod ma’muriy ish koʻrib chiqilgan.

 

Kengaytirilgan rayosat yigʻilishda sudlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va sudning obroʻsiga futur yetkazadigan qonunbuzilishi holatlari ham alohida va atroflicha muhokama etildi.  Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar tomonidan qonuniy va adolatli sud qarorlari qabul qilinishi sud hokimiyatining obroʻ-e’tiborini yuksaltiradigan, aholining unga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydigan muhim omil ekanligi ta’kidlandi.

 

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Mazkur anjumanda  Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, mas’ul хodimlar, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

Ma’ruf Usmanov. 

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

 

Oʻzbekiston Oliy va Konstitutsiyaviy sudlari tarkibi oʻzgardi

 

Sud tizimiga AKT jadal joriy qilinmoqda

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:

 

Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi?