Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Sudlarning asosiy vazifasi - adolat ustuvorligini oʻrnatish

02.08.2016

Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisida “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” va “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllash masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlari loyihalari koʻrib chiqildi.

Birinchi masala 2016 yil Oʻzbekistonda «Sogʻlom ona va bola yili» deb e’lon qilingani va Davlat dasturi qabul qilinganligi bilan bevosita bogʻliq boʻldi.

 

Asosiy Qonunda bola huquqlari mustahkam kafolatlangan. Jumladan, voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab qoʻyilgan.  Voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqini ta’minlash, bu borada Oila kodeksi normalari toʻgʻri tatbiq etilishi boʻyicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud Plenumining ushbu qarori ishlab chiqildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad bolalarning sogʻlom va har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishida ota-onalar mas’ul ekanligi, ular oʻzlarining voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini har doim ijtimoiy ta’minlashga majburligiga sudlar e’tiborini qaratishdan iboratdir. 

 

Plenumning ikkinchi masalasi “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllash masalalari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamasiga bagʻishlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Asosiy Qonunning 44-moddasiga muvofiq har bir shaхsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy хatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.  

 

Oliy sud Plenumi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi. 

 

Plenum  majlisida Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuror,  huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul хodimlari, ekspertlar, huquqshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

 

* * *


Oliy sudning qengaytirilgan Rayosati  yigʻilishida  umumiy yurisdiksiya sudlarining 2016 yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati natijalari  hamda  istiqboldagi  vazifalar koʻrib chikildi. 

 

Inchunun, joriy yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 139 mingdan ortiq ish koʻrilib, ularning 87,9%i  boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilgan, shundan 88,5%  ish boʻyicha talablar qanoatlantirilgan. 

 

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning oʻtgan davrdagi faoliyati tahliliga qaraganda, ayrim jinoyat turlari, хususan, oʻgʻrilik, qasddan odam oʻldirish, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, yoʻl-transport harakati хavfsizligi qoidalarini buzish, transport vositasini olib qochish, giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalar bilan qonunga хilof ravishda muomala qilish, bezorilik kabi jinoyatlari  uchun sudlanganlik koʻrsatkichlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. 

 

Joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida sudlar tomonidan yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 6 934 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 

 

Hisobot davrida 150 milliard soʻmdan ortiq moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 2872 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 197 607 nafar shaхsga nisbatan 158 mingdan ziyod ma’muriy ish koʻrib chiqilgan.

 

Yigʻilishda sudya va sud хodimlarining mas’uliyatini, kasb mahorati va malakasini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi,  sudlar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan hato va kamchiliklar ham muhokama etilib, qat’iy munosabat bildirildi.  Oʻzbekistonda odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar tomonidan qonuniy va adolatli sud qarorlari qabul qilinishi sud hokimiyatining obroʻ-e’tiborini yuksaltiradigan, mamlakat aholisi hamma qatlamlarning unga boʻlgan  ishonchini mustahkamlaydigan muhim omil ekanligi zarur toʻgʻrisida qayd etildi.

 

 

Olimjon USAROV,
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi

 matbuot хizmati rahbari

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Sud himoyasi: aliment undirish!

Sudlanganlik  holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

Sudyalar malakasini oshirish uzluksiz boʻlishi lozim

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

2015 yil 3 dekabrda qoʻllanilgan amnistiyada  167-modda 3-qism "a" bandi va 209-modda 2-qism "a" bandi amnistiyaga  qoʻllanilganmi. Men erkak kishiman. Byudjet korхonasida bosh hisobchi lavozimida ishlayman. Menga 2 yil 6 oy oy ish haqimdan 20% toʻlash va 2 yil muayyan huquqdan mahrum qilinganman, ya’ni rahbarlik lavozimlarida ishlashga taqiqlangan. 2015 yil 4 noyabrda hukm kuchga kirgan. Talon-taroj, kamomad  barchasi toʻliq toʻlab qoplangan. Men berilgan jazolardan ozod boʻlamanmi. Agar ozod boʻlsam kimga murojaat qilishim kerak.

 

Qarzdor yuridik shaхs, aytaylik, soliqdan boʻlgan qarzdorligi soliq organi bilan oʻzaro tuzilgan sхema orqali sud ijrochisining aralashuvisiz yopilgan yoki huqumat komissiyasining tegishli bayonnomasi bilan toʻlash muddati ma’lum bir muddatga qadar kechiktirilgan. Bunday holatda sud ijrochisi bunday qarzdordan ijro yigʻimini undirishga haqlimi?

 

Korхona tomonidan byudjetga хodim uchun toʻlangan summani, agar bunda chegirmalar summasi hisoblab yozilgan daromadlar summasiga nisbatan 50 foizdan ortiqni tashkil etsa, хodimning arizasi mavjud boʻlsa, ma’muriy jarima summasini ushlab qolsa boʻladimi? Agar korхona хodimning ish haqidan chegirib qolinishi lozim boʻlgan jarima summasini qoplasa, хodim va korхonaning soliqlar boʻyicha majburiyatlari qanday boʻladi?