Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talaba-kontraktchining oʻqishi qanchaga tushadi

06.09.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2019/2020 oʻquv yili uchun kontraktlar qiymatini e’lon qildi.

 

Bakalavriat va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha jadvalni bu yerda koʻrib chiqish mumkin.

 

Bu yil oʻqish qiymati mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan (MHEKM) kelib chiqib hisoblanishini inobatga olish joiz, materialni e’lon qilish sanasida u 634 880 soʻmni tashkil etadi.

 

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaхassislik boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar stipendiya olish yoki olmaslikni tanlash huquqiga egalar. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oylik toʻlanadigan stipendiya  400 000 soʻm miqdorida belgilangan.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻz хabarida misol keltiradi: bakalavriatning Pedagogika yoʻnalishi boʻyicha kontrakt qiymati 17 MHEKM (10 792 960 soʻm)ni, stipendiyasiz - 5 992 960 soʻm (10 792 960 soʻm -  4 800 000 soʻm)ni  tashkil etadi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_