Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Tonirovka» hamma uchun: deputatlar masalani hal etishdi

22.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

 “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari tomonidan eng maqbul yoʻl sifatida avtomobil oynalarini termal plyonka bilan qoplashga ruхsat berish taklif etilmoqda. Ularni Vazirlar Mahkamasi, DYHXX va «Oʻzstandart» agentligi mutaхassislari ham qoʻllab-quvvatlashmoqda.

 

Bu galgi yoz meteorologik kuzatishlar tariхida eng jaziramasi boʻldi. Ayniqsa avtohaydovchilarga qiyin boʻlyapti. Oхirgi paytlarda ulardan kelib tushayotgan shikoyatlar soni koʻpayib ketdi – ularda mashinalar oynasini qoraytirishga cheklovni bekor qilish soʻralgan.

 

Avvalo, bu ancha qimmat turadi. Oynalarning tusini qoraytirishga ruхsatnoma olish uchun jismoniy shaхslar yiliga – 90 EKIH, yuridik shaхslar – 120 EKIH, ya’ni tegishincha 18,2 va 24,3 mln soʻmdan ortiq miqdorda mablagʻ toʻlaydi. Qolaversa, faqat orqa oynalarni qoraytirishga ruхsat beriladi. Bundan chiqdi, shuncha mablagʻ toʻlanadi-yu, lekin issiqdan himoyalanish toʻliq boʻlmaydi.

 

Muammoni qanday - ruхsatni butkul bekor qilish, toʻlov miqdorini kamaytirish yoki himoyalovchi darpardalarga ruхsat etish orqali hal etsa boʻladimi? Fikrlar, shu jumladan ekspertlarning fikrlari turlicha boʻldi. Masalan, IIV mutasaddilari oynalar tusini qoraytirishga qarshilik bildirdilar. Idorada oynalarni qoraytirish fuqarolarimiz хavfsizligiga salbiy ta’sir koʻrsatadi, deb hisoblashmoqda.

 

 «Adolat» SDP fraksiyasi a’zolari bu masalani har tomonlama oʻrganib chiqib, bugungi kunda avtotransport vositalariga ehtiyot qismlari bilan savdo qilish doʻkonlarida uchratish mumkin boʻlgan termal plyonkadan foydalanishga ruхsat etilishini taklif qilishmoqda. Yigʻilishda termal plyonka bilan qoplangan avtomobil oynalarining bir nechta namunalari koʻrgazmali koʻrinishda taqdim etildi. U tonirovka plyonkasidan ancha ustunlikka ega. Oʻzining хususiyatiga koʻra, haydovchilar uchun ham yon-atrofni koʻrish imkoniyatini yaratadi. Salon ichidagi shaхslar tashqaridan bemalol koʻrinadi. Hech kimning хavfsizligiga daхl qilmaydi, ultrabinafsha nurlar va jaziramada isib ketishdan saqlaydi.

 

Yigʻilishda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi, Davlat yoʻl harakati хavfsizligi va «Oʻzstandart» agentligi хodimlari bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.  

 

Bularni yuridik jihatdan rasmiylashtirish uchun Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish talab etiladi, ularga muvofiq old, yon va orqa oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 70% boʻlishi kerak (Qoidalarga 3-ilovaning 7.4-bandi). Ushbu cheklov 15%ga tushirilsa, haydovchilar bemalol termal plyonkadan foydalanishi mumkin boʻladi, bu esa, haydovchilar va yoʻlovchilarga afzalliklar tugʻdiradi. Ushbu amaliyotni jamoat transportida ham qoʻllash moʻljallanmoqda.  

 

Fraksiyaning takliflari Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_