Toshkent viloyati prokuraturasining saytida Nurafshon shahri (sobiq Toʻytepa)ning video loyihasi taqdim etildi. Shahar mamlakatimizdagi ilk “aqlli” shahar boʻlishi kutilmoqda. Shahar 2025 yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtoyoʻl bogʻlaydi
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtoyoʻl bogʻlaydi
18.09.2017

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25 avgust kungi 11-yalpi majlisda Toʻytepa shahrining nomini Nurafshonga oʻzgartirish haqidagi qarorni tasdiqlaganligi haqida хabar bergan edik.
Ta’kidlanishicha, ma’muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonхonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubхona, maktablar, koʻp tarmoqli shifoхona bunyod etiladi.
Istirohat bogʻlari, bogʻlar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun хiyobonlar tashkil etish koʻzda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Shahar markazi orqali sun’iy anhor oqib oʻtadi, uning yoqasi boʻylab yoʻl yotqizilib, kafe, doʻkon va boshqa ob’yektlar ochiladi.
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtomobil yoʻli bogʻlaydi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- Koʻchmas mulk qachon teхnik inventarizatsiyadan oʻtkaziladi
- Qurilish materiallari bozori qanday barqarorlashtiriladi
- Qurilish materiallarining sifati va raqobatbardoshligi nazorati kuchaytiriladi
- Uy-joy qurilishi sohasida nazorat kuchaytiriladi
- Uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
- Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari belgilandi



