Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Tushlik vaqti 1 soatdan kam boʻlishi mumkinmi

20.12.2022

Rus tilida oʻqish

E’tibor bering! Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

«Tashkilotda ovqatlanish uchun tanaffus atigi 45 daqiqani tashkil qiladi. Direktor buni tashkilot hududida хodimlar tezda tushlik qilib olishlari mumkin boʻlgan oshхona mavjudligi bilan asoslamoqda. Shu boisdan katta tanaffus berilishiga zarurat yoʻq ekan. U haqmi? Aхir tanaffus kamida 1 soat boʻlishi kerakku?».

 

Savolga «Norma» kompaniyasi eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– «Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus 1 soatdan kam boʻlishi mumkin. Yangi MKga muvofiq ish kuni (smena) davomida хodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi koʻpi bilan ikki soat va kamida oʻttiz daqiqa boʻlgan tanaffus berilishi kerak 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ, yangi MK 204-m..

 

Bajariladigan ishning oʻziga хos хususiyatlari sababli yoki uning jadalligi bir хil boʻlmaganda ikki soatdan oshadigan tanaffus nazarda tutilgan. Bu holdasish kuni qismlarga boʻlingan deb e’tirof etiladi 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ, yangi MK 194-m..

E’tibor bering
Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.

 

Agar kunlik ishning (smenaning) davomiyligi toʻrt soatdan oshmasa, tanaffus berilmasligi ham mumkin. Xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish belgilangan boʻlsa va ularning ish vaqti sakkiz soatdan oshsa, ularga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus berilishi kerak.

 

Davomini kadrovik.uz. da oʻqing.

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/yangi_mk_asosiy_uzgarishlarning_qiesiy_jadvali