Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqmoqdalar

15.11.2018

Rus tilida oʻqish

Tashabbuskorlar yigʻilishida yangi siyosiy partiyani tashkil etish, nomlash, shuningdek uning tashkiliy qoʻmitasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflar qoʻllab-quvvatlandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi kelajak avlodlar sogʻlom tabiiy muhitda yashashi imkoniyatini ta’minlash yoʻlidagi jamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtiradi. Bu iqtisodiyot, ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirish, shuningdek fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan tizimli islohotlarni oʻtkazish uchun muhim.

 

Tashkiliy qoʻmita partiyani tashkil etish, ta’sis hujjatlarini tayyorlash va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish boʻyicha «yoʻl хaritasi»ni tayyorlaydi. U mazkur chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini ham ta’minlaydi.

 

Yangi siyosiy partiya Oʻzbekiston Ekologik harakati toʻplagan tajriba asosida tashkil etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologik harakat uchun 15 ta deputat joyiga kvota ajratilgan. Bu ekologik holatni sogʻlomlashtirish va atrof muhitni muhofaza qilishda jamoatchilik ishtiroki faolligini oshirish imkonini berdi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_