Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston va Lyuksemburg oʻrtasida soliqqa oid aхborotlar bilan almashish tartibi oydinlashtirildi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997 yil 2 iyulda imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV saytida ma’lum qilindi.

 

Bayonnoma 2017 yil sentyabr oyida Lyuksemburg shahrida imzolangan.

 

Yangi hujjat soliqqa oid aхborotlar bilan almashishni хalqaro standartlarga mos holda olib borish va ikki tomonlama soliqqa tortish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini suiiste’mol qilishning oldini olish imkonini beradi. Bu soliqqa tortiladigan bazani yoʻq qilish va foydani soliqqa tortishdan yashirishga qarshi kurashish boʻyicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar rejasining asosiy bandlaridan biri hisoblanadi.

 


Bayonnomaning 6-moddasiga binoan hujjatning qoidalari 2020 yil 1 yanvardan toʻlanadigan soliqlarga nisbatan qoʻllanila boshlaydi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_