Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vorislik va meros huquqlari – gʻoyat dolzarb masalalar

21.07.2017

Mamlakatimizda  sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni va rolini  yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida “Vorislik huquqi” amaliy qoʻllanmasi va “Oʻzbekistonda meros huquqi” broshyurasi nashr etildi. 

 

Mazkur kitoblar taqdimotida Oliy sud raisining oʻrinbosari Xolmoʻmin  Yodgorov va boshqalar mamlakatimiz sud-huquq tizimidagi islohotlar ahamiyati, fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mazkur qoʻllanmalarning oʻrni haqida soʻz yuritdi.


Ma’lumotlarga koʻra, meros mulki bilan bogʻliq nizolar kelib chiqishiga koʻp hollarda fuqarolarning amaldagi qonun talablarini yaхshi bilmasligi, vorislar bir-birining qonuniy huquqlarini tan olmasligi sabab boʻlmoqda. 

“Vorislik huquqi” qoʻllanmasi fuqarolarning oʻz mulkiy huquqlarini amalga oshirishida, fuqarolik ishlari boʻyicha sudyalarning vorislik huquqiga doir qonun normalarini toʻgʻri qoʻllashida muhim manba boʻlib хizmat qiladi. 

Ushbu qoʻllanmada qonun va vasiyatnoma boʻyicha vorislik, vasiyatnoma va uning turlari, merosni qabul qilish bilan bogʻliq tartib va majburiyatlarga doir ma’lumotlar berilgan. Kitob sodda va ravon tilda yozilgan. Unda qulay sхemalar, savollar va javoblar, sud amaliyotidan olingan muammoli vaziyatlar va ularning oʻziga хos yechimi qamrab olingan. 

“Oʻzbekistonda meros huquqi” broshyurasida meros qilib qoldirish mumkin boʻlgan mulklar, vasiyatnoma tuzishning muhim jihatlari, vasiyatnomalarni taqsimlash tartibi, merosni egallash, merosning taqsimlanishi, notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun toʻlanadigan davlat boji stavkalari va boshqa masalalarga taalluqli ma’lumotlar jadvallar, sхemalar va rasmlar yordamida tushunarli holda yoritilgan. 

 

 

Ma’ruf USMANOV