Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi qanoatlantirildi

29.03.2023

Rus tilida oʻqish

Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor F.B. Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi хodimlari tomonidan oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvidan norozi boʻlib yozgan murojaati Biznes-ombudsman devoni хodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.

 

Oʻrganish natijasida sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish davomida Urganch shahar DSI хodimlari tomonidan Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining “Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 1-son qarori talablari buzilganligi aniqlandi.

 

Shunga asosan, Urganch shahar DSI хodimlari J.A. hamda A.Sh.ga nisbatan MJTKning 2412-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat  ishlari boʻyicha Urganch shahar sudiga yuborildi.

 

Ma’lum boʻlishicha, DSI хodimlari  Soliq kodeksining 153-moddasi va Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi nizom talablariga zid ravishda sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishgan. Xususan:

  • tekshiruv Urganch shahrida joylashgan savdo shoхobchasida yakka tartibdagi tadbirkorning ishtirokisiz amalga oshirilgan;
  • soliq toʻlovchining kassasida mavjud naqd pul qoldigʻini sanoqdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilmagan;
  • tekshiruv jarayoni uzluksiz ravishda videotasvirga yozib olinmagan;
  • tekshiruv natijalari tekshiruv tugaganidan keyin 3 kun davomida tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimiga kiritilmagan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudining hal qiluv qaroriga asosan Urganch shahar DSI хodimlari J.A. hamda A.Sh. tomonidan MJTKning 2412-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilgan.

 

Shundan keyin arizachi yakka tartibdagi tadbirkorning manfaatida Biznes-ombudsman devoni хodimlari Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasining “Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir qilinganligi uchun soliq javobgarligiga tortish toʻgʻrisida”gi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan.

 

Natijada yakka tartibdagi tadbirkorga Soliq kodeksining 2211-moddasi 1-qismiga asosan qoʻllanilgan 10 mln soʻm miqdorida jarima joriy yilning fevral oyida Urganch tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan bekor qilindi.