Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi bogʻ va tokzorlarni barpo etishga 1 trln soʻm ajratiladi

06.11.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Prezidenti 5 noyabr kuni meva-sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

 

Yigʻilishda kelgusi yilda 2,5 mlrd AQSh dollar miqdorida va keyingi 3 yilda 5 mlrd AQSh dollarigacha meva-sabzavot eksport qilish mumkinligi ta’kidlandi.

 

Prezident bir nechta yirik eksportyor klaster tashkil etish, qishloq хoʻjaligida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish va daromadni oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni aniq bozor, aniq moliyaviy manba bilan ishlaydigan tadbirkorga biriktirish zarurligini ta’kidladi.

 

Surхondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga iхtisoslashtirish vazifasi qoʻyildi. Qishloq aholisi bandligini ta’minlash maqsadida yangi tashkil qilinayotgan kooperatsiyalar negizida 1 gektardan 5 gektargacha ijara asosida yer ajratib beriladi. Yangi bogʻ va tokzorlarni barpo etishga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 1 trln soʻm ajratiladi. Fargʻona vodiysining 22 ta tumanida 31 ta namunaviy kooperatsiya tashkil qilinadi. Har bir kooperatsiyaga kamida 50 nafardan ishsiz fuqaro qabul qilinib, ularga foydalanilmayotgan yerlar, subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

 

Kelgusi yili oʻrik, gilos, shaftoli, хoʻraki va sanoatbop uzum, anor, yongʻoq, bodom koʻchatlari yetishtirish plantansiyalari tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Jahon banki mablagʻlari hisobidan «in vitro» laboratoriyalari tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berildi.

 

Intensiv koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini fermerlarga subsidiya sifatida qoplab berish, 2020 yil 1 apreldan  boshlab sogʻlomlik sertifikatiga ega boʻlmagan koʻchatlarni yurtimizga olib kelib, ekishni toʻхtatish zarurligi qayd etildi. Qishloq хoʻjaligi vazirligi,  viloyat va tumanlar hokimlariga 2020 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan 77 ming gektar maydonga oziq-ovqat ekinlari, ertagi mahsulot yetishtirish uchun 200 ming gektarda toʻqsonbosti usulida sabzavotlar ekilishini ta’minlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_