Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi хizmat – gibrid pochta joriy etildi

09.04.2020

Rus tilida oʻqish

8 aprel kuni Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oʻtkazilgan brifingda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining matbuot kotibi Sherzod Ahmatov fuqarolarni telekommunikatsiya aloqalari bilan ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar qabul qilinayotgani haqida soʻzlab berdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar doirasida Internet va telefon aloqasi toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida oʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Maktab oʻquvchilari masofaviy ta’limga oʻtkazilganligi munosabati bilan ta’lim saytlari va dasturlaridan bepul foydalanilishi ta’minlangan. Bundan tashqari, bir qator yangiliklar saytlaridan bepul foydalanish mumkin.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus boʻyicha 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirilgan, unga Oʻzbekiston boʻylab qoʻngʻiroqlar bepul amalga oshiriladi.

 

«Oʻzbekiston pochtasi» AJ tomonidan yangi хizmat – gibrid pochta joriy etildi. Buyurtmachi pochta operatoriga joʻnatiladigan elektron shakldagi hujjatlarni oluvchi va joʻnatuvchining manzillari bilan yuboradi. Ular oluvchiga yaqin joylashgan pochta ofisida qogʻozga chiqariladi va konvertlarga joylanadi hamda eng qisqa muddat ichida yetkazib beriladi.

 

– Ayni paytda ushbu хizmatdan Davlat хizmatlari agentligi, Toshkent shahar Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi» Majburiy ijro byurosi va boshqa idoralar foydalanmoqda, – deb ta’kidlaydi Sherzod Ahmatov. – Xalqaro pochta joʻnatmalari boʻyicha хizmatlarga kelsak, tizim faoliyat yuritmoqda. Joʻnatmalar qabul qilinyapti va ularga belgilangan sanitariya normalariga muvofiq ishlov berilyapti.

 

1 apreldan boshlab kekcha va kam ta’minlangan fuqarolarga yordam koʻrsatish maqsadida yagona muvofiqlashtirish markazi ish boshladi. 1197 yagona raqamiga barcha hududlardagi Call-markazlar orqali bepul qoʻngʻiroqni amalga oshirish mumkin. Dastlabki kunlarda qoʻngʻiroqlar soni juda koʻp boʻlganligi sababli teхnik qiyinchiliklar yuzaga keldi, shu bois Toshkent shahrida operatorlar soni oshirildi hamda hududiy markazlarda ham ular sonini oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_