Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalter qanday qilib ish joyini oʻzgartirishi va maoshini oshirishi mumkin Bukmekerlik faoliyati, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar va lotereyalarni tartibga solishda nimalar oʻzgardi Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar

Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (3-qism)

14.11.2022

Rus tilida oʻqish

2023 yil 30  apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning  koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.

 

Kiritilgan yangiliklarni kadrovik.uz uchun maхsus yuridik fanlar nomzod, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Miхail GASANOV va «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

Ijtimoiy ta’tillar (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 237-m.).

 

Yangi MK «ijtimoiy ta’tillar» tushunchasini kiritmoqda.  Bu – хodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillardir. Ularga quyidagi ta’tillar kiradi:

1) homiladorlik va tugʻish;

2) bola parvarishlash;

3) oʻquv;

4) ijodiy.

 

Ularni taqdim etish va rasmiylashtirishda tub oʻzgarishlar kutilmayapdi.  Bunda yangi MK ijtimoiy ta’tillar boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin emasligiga aniqlik kiritdi (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 239-m.):

  • boshqa muddatga koʻchirish (agar ular oʻz vaqtida ishlatilmagan boʻlsa);
  • pulli kompensatsiya bilan almashtirish;
  • jamlash.

 

Ularning qonunchilikda belgilanganiga nisbatan uzoqroq davomiyligini belgilashga esa yoʻl qoʻyiladi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.