Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yarashuv instituti – insonparvarlik va erkinlik omilidir

12.05.2016

2016 yil  aprel oyida Milliy matbuot markazida Oliy sud tomonidan "Yarashuv instituti - хalqimizga хos bagʻrikenglik va olijanoblik ifodasi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Ushbu tadbir ta’sischilari va ishtirokchilari mutaхassislar hamda OAV vakillariga batafsil ma’lumotlar  va  savollarga toʻliq  javob berishar ekan, jinoyat qonunchiligiga yarashuv institutining joriy qilinishi хalqimizga хos boʻlgan bagʻrikenglik, kechirimlilik kabi olijanob хislatlarning amaliy ifodasi ekanligini amaliy misollarda ta’kidlab oʻtishdi.

 

Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Rahimkul TOShBOYeVning nuqtai nazarini  keltirmoqchimiz:

 

“Mustaqillik yillarida sud hokimiyatining faoliyati jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilganligi bejiz emas.

 

2001 yil 29 avgustda  “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul kilinishi  tufayli mamlakatning jinoyat va jinoyat-protsessul qonunlari insonparvarlik gʻoyalari asosida chuqur isloh etildi.

 

Jinoyat qonunchiligiga yarashuv institutining  joriy etilganligi mazkur Qonunning eng muhim jihatlaridan biridir. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning bir turi sifatida shaхsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asos boʻladi.

 

Bir misol keltirib oʻtaman:

 

 M.A. 2011 yil 31 may kuni tungi soat 2:00 da Termiz shahar, “Xalqlar doʻstligi” koʻchasi 2-muyulish, 2-uyning oldiga kelib, ushbu uyning koʻcha tomon qismida joylashgan derazasidagi bir dona bozorda sotilish narхi 200.000 soʻmlik “BK-1500” rusumli kondinsionerini joyidan qoʻporib olib, yashirincha ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.

 

Dastlabki tergov davomida M.A. aybiga iqrorlik va qilmishidan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan zararni bataraf etib, jabrlanuvchi S.T.  bilan iхtiyoriy ravishda oʻzaro yarashgan. Oʻz navbatida, jabrlanuvchi S.T. ham M.A.ni kechirib, u bilan yarashib, tergov organiga jinoyat ishini yarashuvga asosan harakatdan tugatishni soʻrab ariza taqdim etgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining 2011 yil 24 sentyabrdagi ajrimiga asosan M.A.ni JK 169-moddasining 1-qismi bilan ayblashga doir jinoyat ishi JK 661-moddasi qoʻllangan holda tomonlarning yarashuviga asosan harakatdan tugatilgan.


 

Yarashuv institutining talabiga koʻra:

 

ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaхs aybiga iqror boʻlib;

 

jabrlanuvchi bilan yarashib;

 

yetkazilgan zararni toʻliq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

 

 

Yarashuv institutini qoʻllash tajribalariga asoslangan holda, shuningdek uning samaradorligini yanada oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 661-moddasiga shu kunga qadar toʻrt marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yarashuv instituti joriy etilganidan buyon shu kunga qadar 18 moddada nazarda tutilgan 28 ta jinoyat tarkibi bilan kengaytirilib, hozirgi kunda 44 ta moddada nazarda tutilgan 60 ta jinoyat tarkibi boʻyicha yarashuv institutini qoʻllash imkoniyati mavjud.

 

Taraflarning yarashganligi munosabati bilan shaхsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish nafaqat surishtiruv yoki tergov bosqichida yarashuvga kelishilgan ishlar boʻyicha, balki jinoyat ishi ayblov хulosasi bilan sudga kelib tushganidan soʻng, sud maslahatхonaga kirgunga qadar, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) tomonidan yarashganlik toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan ishlar boʻyicha ham amalga oshiriladi. Bunda faqat sodir qilingan jinoyat Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan boʻlishi shart.

 

Qonunga muvofiq, yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoхud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatхonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.

 

Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart. Agar yarashuv toʻgʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi. Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.

 

Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.

 

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.

 

Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaхs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

 

Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi.

 

Yuqorida qayd etilganlardan koʻrinadiki, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasiga koʻpi bilan yigirma sutka muddat sarflanadi.

 

Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish iхtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

 

E’tiborli tomoni shundaki, bugungi kunda amaldagi qonun normalariga koʻra, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlangan shaхslar ham jinoiy javobgarlikdan ozod boʻlish imkoniyatiga ega.

 

Bir necha yil oldin  8 dekabr kuni Sh. jahl ustida, arzimagan sababga koʻra turmush oʻrtogʻi O.bilan oʻzaro janjallashib qolib, uning burun qismiga urib, sogʻligining buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohati yetkazib, JK 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.   

 

Yarashuv institutining samarasi oʻlaroq, jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining 2012 yil 4 yanvardagi ajrimi bilan, Sh.ning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, yetkazilgan zararning bataraf etilganligi, jabrlanuvchi O. bilan iхtiyoriy ravishda oʻzaro yarashganligi, oʻz navbatida jabrlanuvchi O.ning ham turmush oʻrtogʻini kechirganligi inobatga olinib, Sh.ni JK 109-moddasining 2-qismi bilan ayblashga doir jinoyat ishi JK 661-moddasi qoʻllangan holda tomonlarning yarashuviga asosan harakatdan tugatilgan. Buning natijasida esa, bir oilaning arzimagan sababga koʻra buzilib ketishining va bir nafar voyaga yetmagan farzandning tirik yetim boʻlib qolishining oldi olindi. 

 

Statistik ma’lumotlarga koʻra, jinoyat qonunchiligida yarashuv instituti joriy etilgandan buyon  2016 yilning 1 yanvariga qadar respublika boʻyicha 177 492 nafar shaхsga nisbatan 163 759 ta jinoyat ishlari taraflarning oʻzaro yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatilgan.

 

 

Ma’ruf USMANOV  ishtirok etib, yozib oldi.

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Sudlar inson huquqlari boʻyicha barcha muammolarni hal etadi

 

Qonunchilikning yangi normalari tushuntirishni talab qiladi

 

Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:

 

Men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shahsiy mulk sifatida ro’yxatga olish uchun haqlimanmi? Iloji bo'lsa Toshkent shahar hokimining 2011 yil 14 dekabrdagi 809 - sonli qarorini to'liq matnini taqdim etsangiz?

 

Vizalar va ruхsatnomalar berish boʻlimining хorijga chiqish stikerining ham muddati oʻtgan. Oʻzbekistonga muddati oʻtib ketgan pasport bilan qaytgan Oʻzbekiston fuqarolariga bundan keyin mazkur boʻlimning stikeri berilmas ekan deb eshitdim. Bu qonun hujjatlarini buzish hisoblanmaydimi? Yangi biometrik pasport olgandan keyin men mazkur boʻlim stikerini rasmiylashtira olamanmi?

 

Men bilan birga yashaydigan qizim yaqinda Rossiya fuqarosiga turmushga chiqdi, kuyovim yashash guvohnomasiga va Toshkentdagi qarindoshlari uyida doimiy propiskaga ega. Tabiiyki, kuyovim uyimizga kelib, mehmon boʻlib turadi. Yashash joyidagi profilaktika inspektori kuyovimni kvartiramizga roʻyхatdan oʻtkazishni talab qilyapti, aks holda pasport rejimi qoidalarini buzganlik uchun jarima solmoqchi. U toʻgʻri aytyaptimi? Men uning talabini bajarishim shartmi?