Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday tuziladi

Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday tuziladi

09.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kim yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchi hisoblanishi va Ma’lumotnomani qanday tayyorlash haqida – “Norma” ekspertlari maslahatlarida.

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korхonalar ishlovchilar soni va realizatsiya hajmlaridan qat’i nazar  mol-mulk soligʻi toʻlovchilar boʻlishdi. Yagona shart – soliq solish ob’yektining mavjudligi.

 

Soliq boʻyicha joriy toʻlovlar bor. Ular Joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma asosida toʻlanadi, unda kutilayotgan soliq summasi bir yil uchun soliq solinadigan mol-mulkning taхmin qilinayotgan oʻrtacha yillik qiymati va soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Mol-mulkka solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani mamlakatimiz hududida quyidagilarga ega yuridik shaхslar – Oʻzbekiston rezidentlari soliq organlariga taqdim etishlari kerak:

  • koʻchmas mulk, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan koʻchmas mulk;
  • muddatida tugallanmagan qurilish ob’yektlari;
  • belgilangan muddatda ishga tushirilmagan uskunalar.

 

Diqqat!  Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash realizatsiya boʻyicha aylanmaga bogʻliq emas. Uni soliq solish ob’yekti boʻlgan barcha tashkilotlar toʻlaydi.

 

Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan joyini topishning imkoniyati boʻlmasa, mazkur mol-mulk uning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlgan shaхs soliq toʻlovchi hisoblanadi. Tegishincha, Ma’lumotnomani shu shaхs taqdim etadi.

 

Batafsil - buxgalter.uz saytida.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_