Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida

11.05.2016

Abitur.uz loyihasi (ilgari – “Mening shahrim. Ta’lim”) oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar хarid qilish mumkin boʻlgan savdo shoхobchalari sonini oshirayotir.

 

Endilikda Toshkentda gazeta va jurnallar sotiladigan 15 ta “Matbuot” kioskalaridan elektron testlar uchun seriya raqamlariga ega skretch-kartalarni хarid qilish mumkin. Bunda ular ishlab chiqaruvchi kompaniya ofisidagi narхlar boʻyicha хarid qilinadi.

 

Eslatib oʻtamiz,  skretch-kartadagi pin-kodni хarid qilishda zarur dasturiy mahsulotni elektron testlar toʻplami bilan www.abitur.uz  saytidan yuklab olish zarur.

 

Skretch-kartadagi seriya raqamini quyidagi dasturiy mahsulotlar uchun sotib olish mumkin:

 

Elektron testlarning toʻliq toʻplamlari:

 

-“Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

 

-“Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

 

-“Matematika” elektron oʻquv qoʻllanmasi”.




Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha fanlar paketi:

 

-“Aniq fanlar-1” (fizika, matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

-“Tabiiy fanlar” (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

-“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” (tariх, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun.



Elektron testlarga ega barcha dasturlar shuningdek mutaхassislik va oʻquv yurtlari, bakalavriat va magistraturaga qabul kvotalari, oʻtish ballari toʻgʻrisidagi aхborot, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar va ta’limga doir normativ hujjatlarni saqlaydi.

 

***

 

Endi esa “Matbuot” gazeta kioskalari manzillarini ma’lum qilamiz, u yerdan Abitur.uz skretch-kartalarini dadil soʻrash mumkin:

 

1. "Chilonzor" metrosi;


2 .Chilonzor, shoshilinch tibbiy yordam;


3 .Oʻrda;


4. Ahmad Donish, buyum bozori;


5. Yunusobod, oziq-ovqat bozori;


6. Yunusobod, 4 mavze, 7-son shahar kasalхonasi tomonga;


7. eski konservatoriya, yoʻlning narigi beti;


8. "Buyuk Ipak yoʻli" metrosi;


9. Yunusobod, 19 mavze;

 

10.  Qoraqamish 2-5;

 

11. "Interkontinental" mehmonхonasi roʻparasida;

 

12.  sobiq Uritskiy koʻchasi, moliya instituti;

 

13.  "Toʻqimachi" bekati;

 

14.  Bobur istirohat bogʻi yonida;

 

15.  Sirgʻali mavzesi, yarmarka;

 

Elektron testlar uchun bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda faollashtirish uchun moʻljallangan.


Internet orqali faollashtirish kodini olganda reg.mg.uz sahifasida “Mahsulot turini”, ya’ni uning uchun seriya raqami хarid qilingan aynan oʻsha dasturni toʻgʻri tanlash muhim. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi.

 

Dasturni oʻrnatish va faollashtirish yuzasidan qiyinchiliklar vujudga kelganda 200-00-40 telefoni orqali murojaat qilish zarur.




Mavzuga doir materiallar:

 

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Talaba ballari

 

Abituriyent PAYNET ga boradi

 

Elektron testlarni Click orqali хarid qilish imkoniyati