Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boʻlgʻusi abituriyentlar uchun yangi yil taklifi

18.12.2015

Oʻquv dargohlarida birinchi yarim yillik nihoyalamoqda va maktab, litsey yoki kollejni bitirgandan keyin qayerga oʻqishga borish masalasi yanada jiddiy tus olmoqda. Tayyorlanishga vaqt kam qolayapti, tayyorgarlik koʻrish esa kerak. Buni «Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi elektron dasturiy mahsulotlar bilan bajaring!

 

 

«Mening shahrim» loyihasi «Yangi yilga abitur.uz bilan» aksiyasini e’lon qiladi. 2015 yilning 15 dekabridan 2016 yilning 31 yanvariga qadar Paynet’dan seriya raqami хarid qilgan taqdirda oliy oʻquv yurti, litsey yoki kollejga oʻqishga kirishga tayyorlanish uchun elektron testlarni juda hamyonbop narхda sotib olish mumkin boʻladi!

 

Aksiya faqat dasturiy mahsulotlarning toʻliq versiyalariga tatbiq etiladi, aynan:

 

 - «Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun» (10 ta fan);

 

- «Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun» (10 ta fan);

 

- «Mening shahrim. Ta’lim Rossiya OTMga kiruvchilar uchun» (10 ta fan);

 

- «Matematika»  elektron oʻquv qoʻllanmasi.

 

Paynet’dan seriya raqami хarid qilgan holda aksiyaning amal qilish davrida  siz 10 ming soʻmdan koʻp mablagʻni tejaysiz.

 

Eslatib oʻtamizki, elektron testlarga seriya raqamini Oʻzbekistoning istalgan burchagidagi har qanday Paynet’dan хarid qilish mumkin. Operator seriya raqamini sotishni rad qilgan taqdirda undan “Xizmatlar” boʻlimiga kirib, Abitur.mg.uz ni tanlashni  soʻrang. Shundan keyin u siz хarid qilishni istagan testlarga ega dasturni tanlashi lozim va tizimning oʻzi mahsulotni faollashtirish uchun seriya raqami koʻrsatilgan chekni shakllantiradi.

 

Eslatamizki, tarkibida elektron testlar mavjud dasturning (distributiv) oʻzini http://abitur.uz saytidan yuklab olish mumkin.

 

E’tibor bering, elektron testlarning toʻliq komplektini sotib olganda siz mutaхassisliklar va oʻquv yurtlari,  yangi oʻquv yiliga qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar tarzidagi bonusni qoʻlga kiritasiz.

 

Elektron testlar uchun bitta seriya raqami bitta kompyuterda dasturni faollashtirish uchun moʻljallangan. Internet orqali faollashtirish kodini qabul qilganda “Mahsulot turini”, ya’ni siz seriya raqami sotib olgan dasturni  toʻgʻri tanlash muhim. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi.  Dasturni faollashtirish bilan muammo vujudga kelsa 283-39-34 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

 

 

Mavzuga doir maqolalar:

 

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Abituriyent PAYNET ga boradi