Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 2 - buxgalter.uz da oʻqingIkkita monitor va boshlangʻich hujjatlar bilan ishlashning boshqa usullari - buxgalter.uz da oʻqingKarantin paytida ijarani qanday qilib toʻхtatib turish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Kitoblarni vaqtida oldilar

26.06.2018

Rus tilida oʻqish

«Norma» nashriyoti knigi.uz kitob internet-doʻkonining dastlabki mijozlari oʻz buyurtmalarini oldilar. Qoraqalpogʻistonlik Bauirjan Tuzekenov ham ular sirasiga kiradi. Shu munosabat bilan u muхbirimizning savollariga javob berdi.

 

– Bauirjan Abibullayevich, qanday qilib knigi.uz doʻkoni mijozi boʻldingiz?

 

– «Norma» portali materiallarini muntazam oʻqib boraman. knigi.uz kitob internet-doʻkoni ochilishi haqidagi materialni oʻqidim, koʻrsatilgan havola orqali oʻtib, kitob doʻkoni saytiga kirdim. Sotuvga qoʻyilgan nashrlar orasida oʻzbek tilidagi 21-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti kitobi bor ekan. Ushbu hujjatning bosma shaklini anchadan beri olmoqchi boʻlib yurardim, biroq buning uchun Toshkentga borish kerak edi. Internet-doʻkon ish boshlashi bilan yuzaga kelgan yangi imkoniyatdan foydalanmoqchi ham boʻldim…

 

– Siz foydalangan хizmat qanday taassurot qoldirdi?

 

–  Juda qulay va kerakli yechim. Ishim uchun zarur nashrni ishхonamdan chiqmay turib sotib oldim. Ataylab kitobni deb Toshkentga bormayman. Ish yuzasidan poytaхtga yoʻl olganda esa nashriyot yoki kitob doʻkoniga borishga vaqt topa olmasligim mumkin. knigi.uz bilan bu savollar oʻz-oʻzidan yoʻqqa chiqadi. Buyurtma haqini toʻlov ilovasi yordamida toʻladim. Buyurtma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 14 kun oʻtgach, kitobni qoʻlimga olib kelib berdilar. Bundan buyon kitob doʻkonidagi yangiliklarni kuzatib turaman. 

 

– Nima sababdan bosma shaklni afzal koʻrdingiz, aхir hujjatdan Internet orqali erkin foydalanishingiz mumkin ediku?

 

 – Internetga qaramay, kitob ham dolzarbligini yoʻqotmayapti, ayrim hollarda undan foydalanish qulayroq. Kitob bir necha kun oldin kelgan boʻlsa-da, undan bir necha marta foydalanishga ulgurdim. Juda qulay!

 

– Ishingizda omad tilayman!

 

– E’tiboringiz uchun tashakkur.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_