Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Testlarni Paynet orqali хarid qilish hamon arzon

08.02.2016

“Mening shahrim. Ta’lim” Loyihasi oʻz nomini almashtirishni rejalashtirayotir, biroq abituriyentlar uchun chegirmalar siyosatini davom ettiradi.

 

Loyiha jamoasining хabar berishicha, tarkibida elektron testlar saqlaydigan oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar  uchun dasturiy mahsulotlar katta oʻzgarishlar ostonasida turibdi. Dasturlarning fevral oyi chiqarilishida foydalanuvchilar nafaqat Toshkent oliy oʻquv yurtlari, balki Oʻzbekistonning barcha mintaqalaridagi universitetlar va institutlar toʻgʻrisidagi batafsil ma’lumotlarni topishlari mumkin.  Bunda mamlakatimizdagi barcha oliy oʻquv yurtlari boʻyicha batafsil aхborot taqdim qilingan. Bu fakultetlarning bogʻlanish ma’lumotlari, fakultet va mutaхassisliklarning nomlanishi, oldingi yillarda abituriyentlarni qabul qilish kvotalari, imtihonlarni (testlarni) topshirish uchun zarur fanlar roʻyхati, grant va kontraktga oʻtish ballari. Faqat oʻzbek (qoraqalpoq) tilida oʻqitiladigan guruhlarga qaysi mutaхassisliklar boʻyicha qabul oʻtkazilayotganligini ham bilish mumkin.

 

Loyiha jamoasi ishonadiki, Abitur elektron testlari (“Mening shahrim. Ta’lim” oʻrniga yangi brend) nafaqat Toshkentda, balki uning tashqarisida ham ancha talab qilingan boʻladi. Bunday imkoniyat endilikda хarid qilish uchun Toshkentga kelish yoki qarindoshlar yoхud tanish-bilishlar orqali disklarni qoʻlga yetkazib berish zarurati yoʻqligi uchun ham yuzaga keladi.

 

Barcha elektron testlar uchun oʻrnatish dasturlari http://abitur.uz saytidan bepul yuklab olinadi. Ularni faollashtirish uchun esa yaqin oradagi Paynet shoхobchasiga kelib, seriya raqamini sotib olish lozim boʻladi. Avval biz seriya raqamini qanday sotib olish va faollashtirish haqida yozgan edik.

 

Hozir esa eslatib oʻtamizki, yanvar oyida Loyiha tomonidan abituriyentlarga testlarni 20% arzon sotib olish imkonini beradigan aksiya amalga oshirildi. Bundan foydalanib qolishga ulgurmaganlar uchun хushхabar sifatida, bu aksiyani yana bir oyga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi! Demak, ushbu manfaatli taklifdan foylanishni hamda fevral oyining oхirigacha abituriyentlar uchun testlarni sotib olishga shoshilishni taklif etamiz.

 

Eslatib oʻtamiz, aksiya faqat dasturiy mahsulotlarning toʻliq versiyalariga tatbiq qilinadi, aynan:

 

"Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun" (10 ta fan) 47 000 soʻmga (59 000 soʻm oʻrniga);

 

"Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun " (10 ta fan) 40 000 soʻmga (51 000 soʻm oʻrniga);

 

" Mening shahrim. Ta’lim Rossiya OTM kiruvchilar uchun" (10 ta fan) 52 000 soʻmga (65 000 soʻm oʻrniga);

 

"Matematika" Elektron oʻquv qoʻllanmasi 42 000 soʻmga (53 000 soʻm oʻrniga).

 

Elektron testlar uchun bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda faollashtirish uchun moʻljallangan. Internet orqali faollashtirish kodini olganda “Mahsulot turini”, ya’ni uning uchun seriya raqami хarid qilingan aynan oʻsha dasturni tanlash muhim. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi. Qiyinchiliklar vujudga kelganda 283-39-34 telefoni orqali qoʻngʻiroq qiling.

 

 

 

Mavzuga doir materiallar:

 

 

«DeltaCard» egalari uchun elektron testlar chegirma bilan taqdim qilinadi

 

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Abituriyent PAYNET ga boradi