Tadbirkorlarning rentabellik darajasiga qoʻyiladigan talablar yumshatildi
Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
Unga iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish vazifasi yuklanadi.
Ish beruvchilarga zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni ishga qabul qilish majburiyati yuklanishi mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.
Konstitutsiyaviy sud qonun boʻyicha sharh berdi
Sharh Konstitutsiyaviy sudga shikoyat berish muddatlari bilan bogʻliq.
Favqulodda vaziyatlarda gidrotexnika inshootlaridagi zararni qanday qoplaydilar
Vazirlar Mahkamasi gidrotexnik inshootlardan foydalanishda avariya vaziyati yuzaga kelishi natijasida fuqarolarning mol-mulkiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashning minimal miqdorlarini tasdiqladi.
Xavfli yuklar tranziti uchun ruxsatnoma elektron shaklda beriladi
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2002 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida»gi VMQ-62-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ovchilik guvohnomasi maxsus kurslarda oʻqigandan soʻng beriladi
Ovchilik guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga integratsiya qilinadi.
Mikromoliyaviy tashkilotlar qanday islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatadilar
Bunday xizmatlarni koʻrsatish uchun ularning tarkibida islomiy moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi maxsus kengash tashkil etiladi.
Zargarlik sohasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha choralar tasdiqlandi
Ular orasida - qoʻshimcha soliq va bojxona imtiyozlari, zargarlik buyumlari sotilishini nazorat qilish tizimini oʻzgartirish, qimmatbaho metallarni sotishda toʻlovni kechiktirish.
Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi
U sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni bir yil saqlash talabi joriy etilmoqda
Shuningdek xususiy tibbiyot muassasalari uchun xodimlar boʻyicha qoʻshimcha talablar belgilanmoqda.
Qaysi holatlarda monopoliyaga qarshi kurashish organi ish qoʻzgʻatmasdan koʻrsatma beradi
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda moliyaviy sanksiya miqdori sud tomonidan belgilanadi.
Asosiy stavka pasaytirildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirish va yillik 13,5% darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Issiqxona xoʻjaliklariga ishlash uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga subsidiyalar ajratiladi
Mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi xizmatlari agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladi.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi
Intellektual mulk: nazorat xaridlari
Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oʻtkaziladi.
Soliq qarzdorligini hisobdan chiqariladigan holatlar roʻyxati kengaytirilmoqda
Qoʻshimchalar jismoniy shaxsning qarzdorligini hisobdan chiqarishga tegishli.
Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy ahvoli qanday yaxshilanadi
Prezident Farmoni bilan tugatilayotgan "Oʻzpaxtasanoat" AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlovlar jadvali boʻyicha qarzdorlik muddati bir yilga uzaytirildi.
Barcha ijtimoiy toʻlovlar - "Ijtimoiy karta" axborot tizimi orqali
Karta Oʻzbekiston fuqarolariga, respublika hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan beriladi va oʻzgartirilmaydigan noyob shaxsiy raqamni oʻz ichiga oladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari "avval test, keyin tanlov" tamoyili asosida oʻtkaziladi.
Sanoat zonalari ob’yektlari qanday xususiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish tartibi ham tasdiqlandi.
Termizda Muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
Uning qoshida Ilgʻor muhandislik maktabi ochiladi.
Elektrosamokatchilarga 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlandi
Ba’zi hollarda 20 km/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi.
Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmoqda
U soha faxriylarining ijtimoiy va moddiy ahvolini yaxshilash bilan shugʻullanadi.
Yerlarni tut koʻchatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin
Pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga 10 gektargacha yer maydoni ajratiladi.
Siyosiy qatagʻon qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuzildi
2021-2024 yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi 1 200 dan ortiq siyosiy qatagʻon qurbonlarini oqladi.
Shahar muhitida nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlari uchun sharoitlar yaratiladi
2025 yil 1 yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni oʻtkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart boʻladi.
Yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zarar qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararni Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi tasdiqlandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


