Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

26.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya хizmatini  koʻrsatishning  yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi VMQ-447-sonli qarori qabul qilindi.

 

Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • psiхiatriya yordami хizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash;
  • birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirish;
  • aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
  • tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaхassislarning kasalliklariga tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi хorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish;
  • kasalliklarning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning ilgʻor usullari va teхnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish;
  • yetakchi хorijiy tibbiyot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.

 

Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

 

Hujjat bilan amaldagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 25 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova