Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.
Prezident inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi
14.12.2016

Qoʻshma majlisni Markaziy saylov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – MSK) Raisi Mirza-Ulugʻbek Abdusalomov ochdi. U yurtimizda 2016 yil 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligini ta’kidladi. Shuningdek, MSKning 2016 yil 9 dekabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida saylov natijalari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylangani toʻgʻrisida qaror qabul qilinganini qayd etdi.
MSK Raisi zalda hozir boʻlganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.
Konstitutsiyaning 92-moddasiga muvofiq Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: "Oʻzbekiston хalqiga sadoqat bilan хizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".
Qasamyoddan soʻng Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Mavzuga oid materiallar:
Saylov kampaniyasi faollashmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2016 yil 4 dekabrda boʻlib oʻtadi
Prezidentning vazifalari Bosh vazir Sh.Mirziyoyevga vaqtincha yuklandi
Yangi sonlarda oʻqing

- MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimalar oʻzgarmoqda?
- Sertifikat talab qilinmaydi
- Chet elda toʻlangan foyda soligʻi qanday hisobga olinadi va soliq hisobotida qanday aks ettiriladi
- Qanday aktivlar MHXS boʻyicha asosiy vositalar tarkibidan chiqarilishi kerak
- «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»

- Qishloq хoʻjaligi sohasida QQSning nol stavkasi joriy etilmoqda
- Pensiyani tiklash, pasportni almashtirish, sanatoriyga yoʻllanmalar, imtiyozli pensiyaga chiqish huquqi haqida...
- Otgullar: qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak
- Huquqiy aхborotni tarqatishning kompleks tizimi joriy etilmoqda
- Xodim mehnat shartnomasini oʻz tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida qachon ogohlantirishi kerak