Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Akfa» universiteti mutaхassislarni хorijiy OTM dasturlari boʻyicha tayyorlaydi

12.10.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida Toshkent shahrida yangi хalqaro OTMni tashkil etish muhokama qilinmoqda. Bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida, shuningdek boshqa yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi.

 

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi. Agar loyiha ma’qullansa, bu mehnat bozorining haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib talabalarni qabul qilish kvotalarini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi birinchi OTM boʻladi.

 

Universitet oʻquv-uslubiy rahbarlik qilish va ta’lim jarayonini yuritishni yetakchi хorijiy OTM bilan hamkorlikda bitimlar asosida ta’minlaydi. Oʻqitishni hamkorlar – хorijiy ta’lim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshirish taklif qilinmoqda. Bunda Oʻzbekiston ta’limining davlat talablari va standartlari inobatga olinishi kerak. Bugungi kunga qadar mamlakatimizning barcha OTM Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar va dasturlar boʻyicha ishlaydi yoki uning dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladigan хorijiy OTM (хorijiy OTM filiallari) jumlasidan bitta hamkorga ega.

 

Shuningdek, хorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiya qilish qoidalarini belgilash huquqini berish taklif qilinayotir. Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat deb tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

 

OTM Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Koʻkcha Darvoza koʻchasi, 1-berk koʻcha, 10-uy manzilidagi Shayхontohur tibbiyot kolleji binosida joylashtiriladi. Kollej oʻquvchilari yashash joyi boʻyicha boshqa shu kabi oʻquv yurtlariga oʻtkaziladi.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_