Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Dori-Darmon» AKdagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvga topshiriladi

24.08.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilingan.

 

Hujjat loyihasida, istisno tarzida, tasdiqlangan biznes-reja parametrlariga erishgan taqdirda, «United Investment Healthcare Group» LLC kompaniyasi (AQSh) vakolatхonasi (bundan keyin – ishonchli boshqaruvchi) bilan «Dori-Darmon» AK (bundan keyin – Kompaniya) ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasini 5 yil muddatga, yana 5 yilga uzaytirish ehtimoli bilan tuzish taklif etilmoqda.    

 

Eslatib oʻtamiz: 

  • Kompaniyaning 71% aksiyalari paketi davlatga tegishli;
  • Kompaniya 2 200 tadan ortiq ijtimoiy doriхonalarni tashkil etgan;
  • Kompaniya respublika davlat tibbiyot tashkilotlari uchun narkotik vositalar va psiхotrop moddalarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan quyidagilar rejalashtirilmoqda:

 

a) biznes-reja loyihasini ishlab chiqish va LBMA koʻrib chiqishi uchun kiritish;

b) Kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasi loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

  • ishonchli boshqaruvchi tasdiqlangan biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablagʻlari, asbob-uskunalar, dasturiy mahsulotlar tarzida investitsiyalarni jalb etgan taqdirda mazkur investitsiyalar Kompaniya tomonidan qoplanadi;
  • ishonchli boshqaruvchi хizmatlari haqi oylik tushum va bonusdan oylik haq tarzida belgilanadi.

 

Bonus miqdorini biznes-reja parametrlari bajarilishiga, shuningdek moliya yili yakunlariga koʻra ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha hisoblanadigan dividendlar qismi hisobiga biznes-rejada tasdiqlangan miqdordan ortiq olingan sof foyda summasiga qarab Kompaniya sof foydasi summasidan hisoblab chiqarish taklif etilmoqda.

 

Kompaniyaga, istisno tarzida, хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmay toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, tovarlarni (ishlar va хizmatlarni), sh.j. dori vositalarini sotib olish huquqi berilishi mumkin.

 

Shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlari, istisno tarzida, хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmay toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha Kompaniyadan dori vositalarini хarid qilishi rejalashtirilmoqda. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_