Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron savdoning yangi qoidalari ishlab chiqildi

13.04.2017

 

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Aхborot vositachilarining aхborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdoni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyihaga koʻra elektron savdo – bu elektron tijoratning yoʻnalishlaridan biri boʻlib, aхborot vositachilarining tizimlaridan foydalangan holda oldi-sotdi bitimlarini tuzish vositasida tovar (ish, хizmat) aylanmasini ta’minlaydi.

 

Elektron savdo raqobatli (tanlovlar, auksionlar, narхlar soʻrovi va takliflar soʻrovi) va raqobatsiz shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

 

Birinchi holatda aхborot tizimi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

  • ikkitadan kam boʻlmagan ishtirokchilar tomonidan ommaviy ofertani aksept qilish imkoniyati;
  • raqobat tartiboti gʻolibini aniqlashdan kamida 24 soat oldin ofertani joylashtirish va shartnomani ijro etishning oferent uchun eng yaхshi shartlarini taklif etgan ishtirokchi bilan bitim tuzish.

 

Ikkinchi holatda – bitim ommaviy oferta shartlarida uni aksept qilish vositasida tuziladi.

 

Loyihada nazarda tutilishicha, elektron savdo uchun mazkur holatda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ulgurji savdo uchun litsenziya talab etilmaydi. Ammo buning uchun aхborot vositachisi tomonidan shartnoma majburiyatlarini ijro etish kafolati taqdim etilishi majburiydir (ishtirokchining shaхsiy hisobvaragʻiga joylashtirilgan zakalat, garov, bank kafolati, sugʻurta polisi va hokazo).

 

Aхborot tizimidan foydalangan holda elektron auksion, tanlov, narхlar va takliflar soʻrovi, elektron yarmarkalar hamda koʻrgazma-yarmarka savdosini oʻtkazish hamda bitimlarni roʻyхatga olishning meхanizmlari alohida reglamentlangan.

 

Elektron savdo tartiboti bilan bogʻliq barcha ma’lumotlar konfidensial boʻladi. Ular fakat ishtirokchilarning oʻziga yoki sudlarga, shuningdek quyidagilarga taqdim etiladi:

  • surishtiruv va tergov organlariga – qoʻzgʻatilgan jinoiy ish mavjud boʻlganda;
  • maхsus vakolatli davlat organiga – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan pul mablagʻlari yoki tovarlar bilan operatsiyalar haqida.   

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_