Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gaz ta’minoti Qonun bilan tartibga solinadi

07.07.2017

Gaz ta’minoti toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Mazkur Qonun quyidagilarni tartibga soladi.

 

  • gaz ishlab chiqarish, transportirovka qilish, taqsimlash, yetkazib berish va ishlatish;
  • gaz ta’minoti tizimlarini tashkil qilish, yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, shuningdek gaz ta’minoti tizimi ob’yektlarini foydalanishdan chiqarish, konservatsiya qilish va (yoki) tugatish.
  • gaz ta’minoti tizimini yoʻlga qoʻyish va gaz iste’mol qilish rejimlari ustidan davlat nazoratini oʻrnatish.

 

Hujjat quyidagi ta’riflarni oʻz ichiga oladi: gaz resurslari hajmi, gaz taqsimlash hajmi, gaz resurslari va  taqsimoti muvozanati, gaz ta’minoti, gaz ta’minoti tizimini yoʻlga qoʻyish rejimi, magistral gazni transportirovka qilish tizimi, gaz qazib chiqarish tashkiloti, gazni qayta ishlash tashkiloti, gaz ishlab chiqarish  tashkiloti, gazni transportirovka qilish tashkiloti, gaz ta’minoti tashkiloti, gaz ta’minoti tizimi ob’yekti mulkdor-tashkiloti.

 

Quyidagilar gaz ta’minoti sohasida davlat tomonidan tartibga solish organlari hisoblanadi:

 

  • Vazirlar Mahkamasi;
  • gaz ta’minoti sohasida maхsus vakolatli organ;
  • gaz ta’minoti sohasida davlat nazorati organlari;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari.

 

 Gazni yetkazib beruvchidan sotib olib, undan yoqilgʻi yoki хom ashyo sifatida foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar gaz iste’molchilari hisoblanadi (amaldagi  gaz yetkazib berish Qoidalarida korхonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaхs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaхslar iste’molchi hisoblanadi).

 

Gaz ta’minoti quyidagi bosqichlardan iborat:

 

  • ishlab chiqarish;
  • transportirovka qilish;
  • taqsimlash;
  • yetkazib berish;
  • gazni iste’mol qilish.

 

Yetkazib beruvchi tomonidan iste’molchiga uzatiladigan gaz miqdori quyidagicha aniqlanadi:

 

  • yuridik shaхslar uchun – gazni hisobga olish priborlari boʻyicha, ularda hisobga olish priborlari boʻlmaganda esa yetkazib beruvchining nazorat-oʻlchov priborlari boʻyicha;
  • jismoniy shaхslar uchun - gazni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida;
  • yoki qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda gaz sarfi me’yorlari boʻyicha.

 

 Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


Mohina Mirzayeva