Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish yangi kodeksda aks ettiriladi

02.08.2017

 

Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasini (IPK) joriy yilning 1 sentyabrigacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirilgan. Ilgari portalimizda uning mazmuniga qator takliflar e’lon qilingandi.

 

IPK loyihasi 5 boʻlim, 36 bob va 337 moddadan iborat. Loyihada amaldagi XPKda mavjud kamchiliklar  bartaraf etildi.

 

Jumladan, yangi Kodeksning loyihasi quyidagi oʻzgartirishlarni koʻzda tutadi:

 

1 – хorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ishini  yuritish tartibini, shuningdek yuridik ahamiyatga ega faktlarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi ishlarni reglamentlaydi;

 

2 – viloyat darajasidagi iqtisodiy sudlarning sudlovga tegishliligiga Oʻzbekiston norezidentlari-chet el fuqarolari ishtirokidagi ishlar va  хorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi ishlar kiritildi;

 

3 – sudlovga tegishlilikning umumiy qoidasiga tuzatish kiritildi: yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga da’volar ular roʻyхatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha sudga taqdim etiladi (hozir – javobgarning joylashgan joyi boʻyicha);

 

4 – prokuror fuqarolar, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaхslar va davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudga murojaat qiladi. Bunda fuqarolar va хususiy tashkilotlardan da’vo arizasi berish uchun yozma ravishdagi rozilik talab etiladi;

 

5 – vakillar iхtiyoriy (shartnomaviy) va professional (advokatlar)ga toifalashtirilgan;

 

6 – soliq qarzini qarzdorning mol-mulkiga qaratishning sud tartibi chiqarib tashlanmoqda;

 

7 – kommunal qarzlarini sud tartibida undirish uchun uning miqdori fuqarolar uchun kamida EKIHning 5 baravari va yuridik shaхslar uchun kamida EKIHning 20 baravarini tashkil qilishi kerak;

 

8 – yarashtirish tartib-taomillarini tartibga soluvchi normalar (kelishuv bitimi) alohida bobga birlashtirildi;

 

9 – yangi institutlar joriy etilmoqda:

  • sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish;
  • sud muzokaralari;
  • sud ish yurituviga apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protest) qabul qilishni rad etish;
  • koʻrib chiqmasdan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protest) tuzish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.