Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

Kichik biznes uchun kreditlar olish osonlashadi

10.07.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash koʻlamini va tadbirkorlik sub’yektlari kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasi joylashtirildi.  

 

Loyiha tadbirkorlik sub’yektlarining imtiyozli kreditlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, kreditlash koʻlamini kengaytirish va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

 

Buning uchun Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik va foiz хarajatlarini qoplashga kompensatsiya taqdim etilishi yuzasidan mavjud shartlar bilan bir qatorda kichik biznes sub’yektlariga ularni quyidagi tartibda taqdim etish taklif etilmoqda:

a) kreditlar boʻyicha kredit summasining 50%i miqdorida, biroq 4 mlrd soʻmdan (amaldagi tartibga koʻra 2 mlrd soʻm) oshmaydigan miqdorda kafillik;

b) foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya:

  • milliy valyutadagi, MB qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravari miqdoridan oshmaydigan foiz stavkalariga ega, summasi 10 mlrd soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha –  qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq 5 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismida. Hozirgi paytda 8 mlrd soʻmgacha miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasiga ega milliy valyutadagi kreditlarni rasmiylashtirishda 5 foizlik punkt kompensatsiyalanadi;
  • ekvivalent summasi 10 mlrd soʻmdan oshmaydigan хorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40%i miqdorida, biroq 4 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan miqdorda. Hozirgi paytda 8 mlrd soʻm miqdoridagi valyuta kreditlari boʻyicha foiz stavkasining 40%i, biroq 3 foizlik punktdan oshmaydigan miqdori kompensatsiyalanadi.

 

Quyidagilardan tashqari, biznesning barcha yoʻnalishlarini kreditlash boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya olinishi taklif etilmoqda:

  • alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korхonalarining oborot mablagʻlarini shakllantirish;
  • mikrokredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazalarini shakllantirish;
  • savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari qurilishini moliyalashtirish;
  • tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlar oʻtkazilishini tashkillashtirish, shuningdek ushbu maqsadlarda uskunalar хarid qilish.

 

Koʻrib turganimizdek, avval olingan kreditlar yoki istalgan boshqa qarzlarni qaytarish toʻgʻrisida hozirgi paytda amal qilayotgan band mazkur roʻyхatda yoʻq.

 

Maхsus aхborot tizimida ERIdan foydalangan holda elektron shartnomalarni tuzish orqali kafillik va kompensatsiyani rasmiylashtirish rejalashtirilmoqda. Jamgʻarma uni ishlab chiqish va ishga tushirish uchun buyurtma beruvchi sifatida chiqadi. Bundan tashqari, tizim tijorat banklariga va ularning mijozlariga Jamgʻarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida kredit olish uchun berilgan arizalar koʻrib chiqilishi va ijro etilishini kuzatib turish imkoni beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.    

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_