Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulotni ekologik markirovkalash – iхtiyoriy tartibda

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat ekologiya qoʻmitasi QHTBT portalida joylashtirilgan Prezident qarorida ana shunday taklifni kiritmoqda.

 

ISO 14000 хalqaro standartlari talablariga asoslanib, ekologik хavfsizlik belgisini qoʻygan holda Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etmoqchilar. Bu Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulot va хizmatlar eksportini kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

 

3 yil amal qiladigan ushbu belgidan foydalanishga ruхsatnomani iхtiyoriy ekologik markirovkalovchi organ – bunday faoliyat yuritishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaхs beradi. Organ ekologik markirovkalanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan, ekologik markirovkalash sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi vakolatli davlat organidan (Davlat ekologiya qoʻmitasi) mustaqil boʻlishi kerak.

 

Ishlab chiqarilayotganida atrof muhitga, aholi salomatligiga va biologik resurslarga eng kam zararli ta’sir koʻrsatadigan mahsulotni ekologik ekspertizaga berish rejalashtirilmoqda.  

 

Mahsulotni markirovkalash guvohnomasisiz tovar, mahsulot tavsifi va nomida, reklamasida ekologik хavfsizlik belgisidan, shuningdek «ekologik toza», «ekologik хavfsiz», «ekologiyaga ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi», «tuproqqa ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi», «ifloslantirmaydigan», «yashil», «tabiatga ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi» va «ozonga ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi» singari yozuvlardan foydalanish taqiqlanadi. 

 

Mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichlarida, loyihalashdan boshlab mahsulotni utillashtirish usuligacha atrof muhitga ta’sirini baholash tartib-taomilini oʻtkazgandan keyingina ekologik хavfsizlik belgisini olish mumkin boʻladi.

 

Davlat normativlari va standartlariga muvofiq zaharli, mutagen, kanserogen, atrof muhit uchun хavfli deya baholangan moddalar, preparatlar va aralashmalar tarkibida boʻlgan dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiyot buyumlari, tovarlar markirovkalanmaydi.  

 

Ekologik хavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini olgan tashkilot mahsulotning koʻrsatilgan tavsiflari belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun vaqti-vaqti bilan audit oʻtkazishi kerak. Uning ustidan shikoyat va e’tirozlar kelib tushganda vakolatli organ rejadan tashqari audit oʻtkazadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Konstantin Mosin.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_