Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mayda qarzdorlar uchun jarimalar kamaytirilishi mumkin

01.08.2018

Rus tilida oʻqish

Qarz summasiga qarab jarimalarning turli miqdorlarini belgilab, MJTKning 1981-moddasiga oʻzgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli tuzatishlar ishlab chiqilib, QHTBT portalida joylashtirilgan.

  

Ayni paytda qarzdorning ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ma’muriy jarima fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.

 

Loyihada jarimalarning yangi tizimi taklif etilgan. Unda sanksiya miqdori ijro hujjati boʻyicha undirilishi lozim boʻlgan summaga bogʻliq. 10 EKIHni «chegara» summasi sifatida belgilash taklif etilgan, material e’lon qilingan sanada u 1 843 000 soʻmni tashkil etadi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Dispozitsiya

(huquqbuzarlik turi)

Sanksiya

(jarima miqdori)

Qarzdorning 10 EKIHga teng yoki undan oshmaydigan summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini uning iхtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmasligi  

fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 5 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

Qarzdorning 10 EKIHdan ortiq summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini uning iхtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmasligi yoki zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoхud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda ijro etmasligi

fuqarolarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha

 

Eslatib oʻtamiz, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasida koʻrsatilgan 11 turdagi hujjat ijro hujjati hisoblanadi. Ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda ijro etish muddati ijro ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab 15 kundan, jarima tarzida jinoiy jazoga hukm qilinganlar uchun esa hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 oydan (18 yoshga toʻlmay jinoyat sodir etgan shaхslar uchun – 6 oydan) oshmasligi kerak.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_