Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnatga soliq yuki 1,58 – 1,98 baravar kamaytiriladi

29.03.2018


Ushbu sharhda Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan «mehnatdan soliqlar» boʻyicha yangiliklar haqida soʻz yuritamiz.

 

JShDS, YaIT va fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini jismoniy shaхslarning yagona daromad soligʻiga birlashtirish taklif etilmoqda. Daromad miqdoridan qat’i nazar, soliq 25%lik stavkada undiriladi. Jismoniy shaхslarning yagona daromad soligʻi mehnatga haq toʻlash summalaridan ushlab qolinadi.

 

Taklif etilayotgan yechim fuqarolarni koʻproq daromad olishga ragʻbatlantiradi, soliqni hisoblash va toʻlashni soddalashtiradi, hisobotlarni qisqartiradi va soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshiradi.

 

25%lik stavka faqat mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi. Fuqarolarning mulkiy, moddiy va boshqa daromadlariga JShDSning boshqa stavkalari belgilanadi.

 

Nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar mehnatga haq toʻlashga soliq yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Amaldagi soliq solish tizimida JShDS progressiv 4 bosqichli shkalaga (soliq solinmaydigan minimum, 7,5%, 16,5%, 22,5%) ega. Shuningdek Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari – 8% va YaIT: 15% – kichik va 25% – yirik biznes uchun toʻlanadi. Umuman olganda, mehnatga haq toʻlashga soliq yuki oʻrta hisobda kichik korхonalar uchun 39,5%ni, yiriklari uchun 49,5%ni tashkil etadi.