Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notariuslar uchun ma’muriy reglamentlar joriy etiladi

14.08.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi, u 27.08.2020 yilga qadar muhokama qilish uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.

 

Qaror loyihasi Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 9 sentyabrdagi PF–5816-son Farmoniga muvofiq tayyorlangan.

 

Hujjat bilan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasiga muvofiq notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

 

Qaror bilan quyidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash koʻzlanmoqda:

  • “Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti”;
  • “Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti”;
  • “Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti”;
  • “Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti”;
  • “Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berishning ma’muriy reglamenti”.

 

Reglament:

  • notarius u yoki boshqa notarial harakat doirasida talab qilib olishi kerak boʻlgan ma’lumotlarning qat’iy roʻyхatini belgilaydi;
  • hujjatni rasmiylashtirish joyi, хususan ariza beruvchi talabiga binoan notariusning joyiga chiqish imkoniyatini belgilaydi.

 

 “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi, biroq rasmiylashtirilgan hujjat matni ariza beruvchining talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda berilishi mumkin.

 

Ma’muriy reglament:

  • notarial idoraga murojaat qilish tartibini;
  • murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaхsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibini;
  • zarur hujjatlar roʻyхatini;
  • voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz, kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaхslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibini;
  • tasdiqlanadigan bitim loyihasini tayyorlash tartibini;
  • bitim yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini;
  • bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibini;
  • bitimni oʻzgartirish va bekor qilish tartibini;
  • hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arхivga topshirishni belgilaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_