Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunlardan ustav fondlarining eng kam miqdorlari chiqarib tashlanadi

13.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi tegishli tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi, u QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Ayni paytda qonun hujjatlarida ayrim tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslarning eng kam ustav fondi toʻgʻrisidagi talablar belgilangan (quyidagi jadvalga qarang).

 

T/r

Yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakli

Ustav fondining eng kam miqdori

Qonun hujjatidagi tartibga soluvchi norma

1

Aksiyadorlik jamiyati

 

jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada MBning kursi boʻyicha 400 000 AQSh dollariga teng summadan kam emas

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasi

2

Mas’uliyati cheklangan jamiyat

jamiyatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan EKIHning 40 baravaridan kam emas

«Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismi

3

Qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat

4

Oilaviy korхona

korхonani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan EKIHning 10 baravari miqdoridan kam emas

«Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-moddasi uchinchi qismi

5

Xoʻjalik shirkati

shirkatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan EKIHning 50 baravaridan kam emas

«Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi

 

Bu holat hozirgi tamoyillarga javob bermay qoldi. Xususan, jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi shart (2.09.2017 yildagi PF–5177-son Farmonga qarang). Shu sababli AJdagi ustav fondining eng kam miqdori 1 600 mln soʻm darajasida etib belgilandi. Keyin esa davlat rahbari idoralarning uni 400 mln soʻmgacha pasaytirish toʻgʻrisidagi takliflarini ma’qulladi. Har bir ana shunday oʻzgartirish boʻyicha qonunga tuzatishlar kiritish zarur.    

 

Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish yoʻnalishi tanlangani inobatga olingan holda, jadvalda koʻrsatilgan qonun hujjatlaridan ustav fondining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablarni chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

 

Bu muassislarga ustav fondi miqdorini ustavda qayd etib, uning qanday boʻlishini mustaqil ravishda belgilash imkonini beradi. Biroq ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talabi sifatida qayd etilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda quyidagilarni litsenziyalashda ana shunday shartlar amal qiladi:

  • bank faoliyati (kamida 100 mlrd soʻm);
  • mikrokredit tashkilotlari (kamida 2 mlrd soʻm);
  • lombardlar (kamida 500 mln soʻm);
  • sugʻurta faoliyati (sugʻurta faoliyati turlariga qarab tabaqalashtirilgan);
  • etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish (kamida 10 000 EKIH);
  • lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyat (kamida 200 mln soʻm);
  • «kirish va chiqish turizmi» yoʻnalishi boʻyicha faoliyat (kamida 400 EKIH).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_