Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori 4 baravar kamaytiriladi

03.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmon) muvofiq 2018 yil 15 sentyabrga qadar tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak.

 

2008 yilda Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdori – jamiyat davlat tomonidan roʻyхatga olingan sanada MB kursi boʻyicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSh dollariga teng summa tasdiqlangan (18.11.2008 yildagi PF–4053-son Farmonga qarang). Ushbu qiymat keyinchalik «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririda mustahkamlangan.

 

Biroq Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF–5177-son Farmoni bilan belgilanishicha, jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi. Shu sababli ustav fondining eng kam qiymati oʻsha paytda amal qilgan kurs boʻyicha soʻmga qayta hisoblanib, qonunga oʻzgartirishlar kiritmagan holda 1 600 mln soʻm darajasida qayd etildi. Ushbu raqam Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizomda (bu yerga qarang) aks ettirildi, bu bilan u amalda qoʻllaniladigan boʻldi.

 

Endi esa AJ ustav fondining eng kam miqdorini 400 mln soʻm miqdorigacha, ya’ni 4 baravar kamaytirishga qaror qilindi. Bu vaziyatda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritilishi shart. Shu sababli Davlat raqobat qoʻmitasi, LBMA, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligiga 2018 yil 15 sentyabrgacha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.     

 

Bunda 2016 yil 1 iyuldan buyon amal qilayotgan yangi tashkil etilayotgan AJ ustav kapitalidagi хorijiy investorning majburiy ulushi kamida 15%ni tashkil etishi talabini bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinmadi – talab amal qilishda davom etmoqda.    

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_