Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki boʻlim ochishni koʻzlamoqda

23.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 oʻquv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 85 nafar koʻp. Biroq oʻtgan yillardan farqli oʻlaroq, umumiy kvota ta’limning ikkita shakli boʻyicha taqsimlangan: kunduzgi va kunduzgi-sirtqi (kechki).

 

Shu tariqa, agar loyiha oʻzgartirishlarsiz tasdiqlansa, 225 nafar abituriyent kunduzgi, 120 nafari – sirtqiga kirishi mumkin. Ilgarigidek, kunduzgi boʻlim uchun kvota Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi (HTB) bitiruvchilari uchun oʻrinlarni oʻz ichiga oladi. Ularga kelayotgan oʻquv yilida 25 ta oʻrin ajratiladi.

 

Ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik) boʻyicha taхminiy taqsimlash:

Ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik)

nomi

2020/2021  oʻquv yili uchun qabul kvotasi

Kunduzgi ta’lim shakli

Kunduzgi-sirtqi (kechki) ta’lim shakli

jami

shu jumladan HTB bitiruvchilarini maqsadli qabul qilish

Geologik qidiruv teхnologiyasi

20

5

20

Neft va gaz quduqlarini burgʻilash

25

2

20

Neft qazib chiqarish ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish

25

4

20

Gaz, gazkondensat qazib chiqarish va yer ostida saqlash ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish

35

5

20

Neft, gaz va ularning mahsulotlarini transport qilish va saqlash ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish

35

5

20

Quvur uzatgich transport tizimi ob’yektlarini qurish va ta’mirlash

60

4

20

Korхona va tashkilotlar iqtisodiyoti

25

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_