Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Savdo qonunda yoziladi

14.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida "Savdo toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi joylashtirilgan. U Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

Qonun loyihasi 4 ta bob, 15 ta moddadan iborat va quyidagi vazifalarni hal  qilishni nazarda tutadi:

  • savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaхslar huquqlarini va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
  • savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlarni respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida taqsimlash;
  • savdo madaniyatini takomillashtirish;
  • savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibotlarini oʻrnatish;
  • aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tovarlar va хizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, raqobat muhitini shakllantirish.

 

Qonun loyihasi tashqi va birja savdolari, koʻchmas mulk boʻyicha bitimlar, energoresurslar ta’minoti, lombardlar, intellektual mulk sohalaridagi savdo munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutmaydi.

 

Qonun loyihasi savdo faoliyatining quyidagi jihatlarini tartibga solishga qaratilgan qoidalarni oʻz ichiga olgan:

  • savdo sohasini davlat tomonidan tartibga solish;
  • savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish talablari;
  • savdo faoliyati sub’yektlarining huquq va majburiyatlari;
  • savdo faoliyati sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlari kafolati;
  • koʻchma savdo ob’yektlarini joylashtirish tartibi;
  • koʻrgazma-yarmarka savdolarini tashkil qilish tartibi;
  • elektron savdo;
  • savdo faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solish;
  • savdo sohasini rivojlantirishning davlat maqsadli dasturlari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_