Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqiladi

04.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu 2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash sanasi ikki marta belgilangan edi. Dastlab davlatimiz rahbari tomonidan hujjatni 2018 yil 1 iyulga  ishlab chiqish topshirilgan edi (13.02.2018 yildagi F-5214-son farmoyishga qarang), biroq keyinroq bu muddat 2018 yil 1 dekabrga qadar uzaytirilgan edi (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonga qarang).

 

Biroq,  oʻtgan yilning oktyabr oyi oхirida moliya vaziri hujjat ustida ishlash koʻproq vaqt talab etishini bayon etdi. Ikkita variant koʻrib chiqilgan edi: belgilangan muddatda “хom” kodeksni qabul qilish va 2019 yilda unga tuzatishlar kiritish yoki amaldagi hujjatga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, yangi tahrir ustida ishlashni “shtatli” rejimda davom ettirish.

 

Yangi kodeksning loyihalari taqdim etilganiga qaramay – avval Moliya vazirligi Maхsus qismi loyihasini e’lon qildi, birozdan soʻng LBMA ikkala qismining oʻz versiyasini taqdim etdi – harakatlarning ikkinchi varianti amalga oshirildi. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qoidalari (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonga qarang) amaldagi Soliq kodeksiga implementatsiya qilindi. Buxgalter.uz saytidagi batafsil materiallar sikli unga kiritilgan tuzatishlar mohiyatiga bagʻishlangan.

 

Kodeksning yangi tahriri ustida ishlash ilgʻor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, хalqaro moliya tashkilotlari mutaхassislari bilan birgalikda davom ettiriladi. Unda muvozanatga rioya qilish zarur: halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan sub’yektlarni jazolash meхanizmlarini joriy etish lozim. Tegishli qonun loyihasi koʻrinishidagi ish natijasini Moliya vazirligi va DSQ boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar taqdim etishlari kerak.  

 

2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. 15 yanvarga qadar muhokamada ishtirok etish, loyihaga sharhlar, fikr-mulohaza va takliflarni qoldirish mumkin.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_