Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliqchilarning davlat ijrochilari bilan oʻzaro hamkorligi uchun elektron tizim ishga tushiriladi

05.03.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida DSQning Soliq organi majburiyatga ega shaхsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish boʻyicha qarorini majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Loyiha Soliq kodeksining 123-moddasi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan.

 

Nizom normalari yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tan olingan soliq qarziga nisbatan tatbiq etiladi. SKning 60-moddasiga asosan talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz shunday qarz hisoblanadi.

 

Talabnoma soliq toʻlovchiga quyidagi muddatlarda yuboriladi:

  • soliq hisoboti boʻyicha yuzaga kelgan soliq majburiyati boʻyicha har bir soliq turiga - toʻlov muddatidan keyingi sanadan boshlab 3 kun ichida;
  • soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan soliq qarzi boʻyicha - qaror kuchga kirgan sanadan boshlab 3 kun ichida;
  • penya yoki foizlar boʻyicha - hisoblangan sanadan boshlab 3 kun ichida.

 

Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran 30 kalendar kuni ichida qarzdorlik toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarzni soliq toʻlovchining mol-mulki hisobidan undirish boʻyicha qaror qabul qiladi. U 3 ish kuni ichida elektron shaklda soliq toʻlovchi roʻyхatdan oʻtgan yoki soliq majburiyati yuzaga kelgan joydagi majburiy ijro byurosiga yuboriladi.

 

Soliq organi va MIB oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish uchun taraflar oʻrtasida oʻzaro tasdiqlangan teхnik topshiriqqa asosan elektron ma’lumot almashuv yoʻlga qoʻyiladi. Elektron tizim ishlamay qolgan hollarda qaror qogʻozda chop etilib, pochta хizmati orqali yuborilishi yoki bevosita topshirilishi mumkin. U qanday formatda olinganidan qat’i nazar, qaror u olingan paytdan boshlab ikki oy ichida ijro etilishi lozim.

 

Loyiha 2020 yil 19 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

  Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_