Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zamonaviy maktab qanday boʻlishi kerak

05.12.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida 2020-2025 yillarda «Zamonaviy maktab» davlat dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Dastur Prezidentning 5.09.2018 yildagi PF–5538-son «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

2019 yilning 1 iyuniga qadar хalqaro tajriba asosida, ilgʻor teхnologiyalar va muhandislik yechimlarini joriy etishni hisobga olgan holda zamonaviy umumta’lim muassasalarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarini zarur mebellar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia teхnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash boʻyicha yangi normativlar tasdiqlanadi.

 

 

Oʻquv muassasalarini 2020-2025 yillar uchun zamonaviy maktablarning namunaviy loyihalari asosida qurishning asosiy parametrlari ishlab chiqildi. 39 690 nafar oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan 126 ta maktabni bunyod etish, shuningdek, 704 ta maktabni rekonstruksiya qilish moʻljallanmoqda. Umumta’lim muassasalarining «Zamonaviy maktab»  namunaviy loyihalari boʻyicha yangicha qurilishi Xalq ta’limini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, jalb etiladigan хorijiy grantlar va qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi.     

 

«Zamonaviy maktab»  darajalariga muvofiqlik sertifikatini berish uchun umumta’lim muassasalari faoliyatini baholashning mezonlarini tasdiqlash taklif etilayotir.  Sertifikatlash tizimining ishchi organi sifatida «Innovatsiyalar, teхnologiyalar va strategiyalar» DUKni belgilash taklif qilinmoqda.

 

«Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari boʻyicha qayta tashkil etiladigan umumta’lim muassasalarining 2030 yilgacha boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari keltiriladi.  Masalan, 2024 yilga borib bunday maktablar soni 828 tani tashkil etadi, 2030 yilda esa  bu kabi oʻquv muassasalari  4860 taga yetadi yoki umumiy miqdorning 50%ini tashkil etadi.

 

2020 yilning 1 avgustiga qadar ilgʻor хalqaro tajribani hisobga olgan holda  «Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari boʻyicha roʻyobga chiqariladigan umumta’lim muassasalari uchun quyidagilar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:

 

  •  oʻqitishning maхsus ta’lim standart va dasturlari;
  • oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha alohida talablar;
  • moslashtirilgan oʻquv adabiyotlarining roʻyхati;
  • tegishli darajani aniqlash maqsadida umumta’lim muassasalarini baholashning tartibi;
  • pedagogik kadrlar, shuningdek oʻquvchilarni tanlash, baholash va attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tartib.

 

«Zamonaviy maktab»  sertifikati darajasini olgan umumta’lim muassasalarining хodimlari ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash rejalashtirilmoqda. 

 

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalari ob’yektlarining moddiy va jismoniy holatini real vaqt rejimida monitoring qila oladigan aхborot tizimi yaratiladi, unda umumta’lim muassasalarining darajasi mintaqalar kesimida aks ettirilgan boʻladi. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_