Yaponiyaga viza olish soddalashtirildi
Yaponiya tomoni Oʻzbekiston TIVni Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman xabardor qildi.
Yagona geologiya xizmati tashkil etildi
Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ-3004-son qarori bilan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmati, qoʻmita tuzilmasida esa yangi boshqarma tashkil etildi
Da’vo ishlari qanday yuritiladi. 2-qism
Ushbu sharhda – tashkilot manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarga da’vo taqdim etish boʻyicha mualliflik tavsiyalari berilgan
Davlat veterinariya qoʻmitasi tuzilmasi tasdiqlandi
Prezidentning 1.06.2017 yildagi PQ–3026-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
TATU qoshidagi jamgʻarma mablagʻlari darsliklar, stipendiyalar va xorijda oʻqish uchun sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2017 yildagi 350-son Qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Huquqni himoya qilish organlari maxsus texnika va uskunalar bilan ta’minlandi
Prezidentning 6.06.2017 yildagi F–4957-son Farmoyishi bilan 2015 — 2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari 463 uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi
Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi 346-son Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mehmonxonani sertifikatlash qanchaga tushadi?
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2017 yildagi 355-son Qarori bilan Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Xorijliklar uchun TDYuUga suhbatlar 2-10 avgust kunlari oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi 347-son Qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hisoblagich plombasiga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikka tortishadi
13.06.2017 yildagi OʻRQ-436-son Qonun bilan elektr energiyasi, suv va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralari kuchaytirildi hamda kommunal tizimlarga oʻzboshimchalik bilan ulanish uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi. Tuzatishlar 1.07.2017 yildan amaliyotga joriy etiladi
Xususiylashtirish narxi bozor kon’yunkturasini inobatga olgan holda aniqlanadi
13.06.2017 yildagi OʻRQ–436-son Qaror bilan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgarishlar 14.06.2017 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi
OBUNA 2018: obuna boʻlishga kim shoshiladi?
Har yili «Soliq va bojxona xabarlari» va «Norma» gazetalariga 7–8 oy oldindan keyingi yil uchun obuna boʻlib, pulini toʻliq oʻtkazib ulguradigan oʻquvchilar topiladi! Nima uchun ular hali joriy yildagi sonlarimizning yarmini olib ulgurmasdan navbatdagi yillik komplektni qoʻlga kiritishga shoshilishadi? Biz 2018 yildagi ilk obunachilarimiz boʻlgan kompaniyalarning bosh buxgalterlari bilan bogʻlanib, ular bilan shu xususda suhbatlashdik
Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi
Oʻzbekistonda suv ta’minoti gaz va energiya ta’minoti singari kommunal xoʻjalikning yagona billing tizimiga ulanadi. Bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi
Ekologiyaga yetkazilgan zarar uchun jarimalar oshirildi
13.06.2017 yildagi OʻRQ–436-son Qonun bilan ekologiya va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi
Tikuvchilik sanoatini qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?
Bugungi kunda tikuv sanoatidagi tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishining asosiy sharti ijodiy yondoshuvdir. Dizaynerlik liboslari saloni, yumshoq qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqarish, maxsus kiyim tayyorlash sexi – xullas, imkoniyatlarni faqat tasavvur olamigina cheklashi mumkin
Qaysi tibbiy mahsulotga QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida SKning 211-modda 6-xatboshida koʻzda tutilgan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati yangi tahririning loyihasi e’lon qilindi
MAK qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish tariflarini pasaytirdi
Joriy yilning 7 iyunidan «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK Toshkent-Dubay/Sharja va Navoiy-Al-Maktum yoʻnalishlari boʻyicha qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tashish tariflarini pasaytirdi
GM Uzbekistan saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» boʻlimi yoʻlga qoʻyildi
«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy saytida yangi «Mijozlar uchun xizmatlar» boʻlimi ochildi. Quyida — qanday xizmatlar hozirda mavjud ekani haqida
Xususiy klinikalar zimmasiga kam ta’minlangan va yana 8 toifadagi fuqarolarni bepul davolash yuklatiladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining «Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatishning tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori loyihasi e’lon qilindi
Davlat-xususiy sherikligi 16 ta sohada amalga oshiriladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi
«Norma» nashriyotidan yangiliklar
«NORMA» gazetasi kutubxonasi» seriyasidagi ma’lumotnoma qoʻllanmalar chop etildi. Bu ikki tomlik «3 000 ta buxgalterlik provodkalar» hamda «kadrchi»ning eng zarur kitobi — «Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti»dir. Nashrlarda qonunchilikdagi barcha soʻnggi oʻzgarishlar inobatga olingan
MJtKda oltita huquqbuzarlik boʻyicha sanksiyalar oshiriladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar loyihalari Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi
Poytaxtimizda «Yashnobod» innovatsion texnoparki yaratildi
Prezident tomonidan tegishli Farmonga 5.06.2017 yil PF–5068-son bilan imzo chekilgani haqida mamlakatimiz rahbarining rasmiy sayti xabar tarqatdi
Oʻzining tovarlarini yetkazish uchun litsenziya kerak emas
Mijozlarga oʻz tovarlarini yetkazib berishda tashkilotlardan tashish uchun litsenziya talab etishadi. «Nalogoviye i tamojenniye vesti» gazetasining maxsus maqolasida tajribali mutaxassislar bunday talabning nima uchun nooʻrin ekanini tushuntirib berishdi
FVVga Mudofaa vazirligi zaxirasidagilar chaqiriladi
Prezidentning 2.06.2017 yildagi PQ–3029-son «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi. Bu haqda mamlakatimiz rahbarining rasmiy saytida xabar tarqatdi
GES qurishga xorijiy mutaxassislar jalb etiladi
Prezidentning 18.05.2017 yildagi PQ–2972-son Qarori bilan «Oʻzbekgidroenergo» AJning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi ma’qullandi hamda uning kuzatuv kengashi tuzildi
Sportchi – shtatdagi lavozim, bolalarni – sport toʻgaraklariga
Prezident 3.06.2017 yilda «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Mudofaa vazirligi oliygohlariga – yagona tanlov asosida
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 320-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - OHTM) tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


