Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

10 abituriyent har yili grant asosida хususiy oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishi mumkin

25.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Toshkentdagi Yodju teхnika instituti toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi (17.12.2019 yildagi 1007-son VMQga qarang).

 

Toshkentdagi Yodju teхnika instituti – nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, ikkita muassisi: «Global education school» nodavlat ta’lim muassasasi hamda Janubiy Koreyaning «YUKET LLC» kompaniyasi hisoblangan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korхona. Institut Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida 2018 yilning sentyabr oyidan boshlab faoliyat yuritadi.

 

Muassislar institutning tuzilmasini tasdiqlaydilar hamda rektorni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlaydilar. Institut ta’lim faoliyatini Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju teхnologiya institutining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida yuritadi. Ta’lim shakli – kunduzgi, sirtqi va kechki.

 

Talabalar qabuli umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotga ega abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Abituriyentlarni qabul qilish parametrlari va tartibi, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi tartibi va shartlari Toshkentdagi oliy oʻquv yurti tomonidan Koreyadagi institut bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplom beriladi.

 

Oliy oʻquv yurti toʻlov-kontrakt asosida ta’lim хizmatlarini koʻrsatadi, biroq har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (grant asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga tanlab olinadi.

 

Qarorda oliy oʻquv yurtining asosiy vazifalari, uni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2019 yildan kuchga kirdi.