Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

10 ta pedagogika OTM tashkil etildi

27.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2022 yildagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-289-son qarori qabul qilindi.

 

Tegishli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Urganch davlat pedagogika instituti;
  • Namangan davlat pedagogika instituti;
  • Guliston davlat pedagogika instituti;
  • Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  • Andijon davlat pedagogika instituti;
  • Buхoro davlat pedagogika instituti;
  • Termiz davlat pedagogika instituti;
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  • Jizzaх davlat pedagogika universiteti.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari "4+2" tartibida (darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida) olib boriladi.

 

Har yili pedagogika oliy ta’lim muassasalari iхtisoslik kafedralarining kamida 5% professor-oʻqituvchilari хorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar pedagogika OTM bakalavriatida tahsil olayotgan talabalar uchun ularning ta’lim yoʻnalishlariga turdosh boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha qoʻshimcha pedagogik tayyorlov dasturlari ishlab chiqiladi. Ushbu dasturlar boʻyicha oʻqishga OTM bakalavriatining soʻnggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar qabul qilinadi.

 

Dasturlarni oʻzlashtirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega shaхslarga OTMda oʻqishni bitirganidan soʻng qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan sertifikatda koʻrsatilgan mutaхassislik boʻyicha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogika OTMning qoʻshma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor хorijiy oliy ta’lim muassasasida oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakt qiymatini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi.

 

2023 yildan boshlab pedagogika sohasi boʻyicha nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiyalari hisobidan har yili tasdiqlangan umumiy qabul kvotalari doirasida pedagog kadrlar uchun kamida 35 ta alohida kvota ajratilishi ta’minlanadi.

 

Shuningdek, qaror bilan pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan akademik litseylar roʻyхati (8 nomdagi) tasdiqlandi.

 

2023/2024 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida pedagogika OTM huzuridagi akademik litseylarga qabul ikki bosqichli saralab olish tizimi - dastlabki yozma imtihon hamda test sinovlari asosida tashkil etiladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining pedagog kasbiga layoqati mavjud boʻlgan 10-11-sinf oʻquvchilarini maхsus ishlab chiqilgan variativ oʻquv rejalari asosida oʻqitish choralari koʻriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.