Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

«112» yagona raqami tajriba rejimida Samarqandda ishga tushiriladi

13.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 966-son qarori bilan Samarqand shahrida «112» yagona raqami orqali shoshilinch operativ хizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish koʻzda tutilgan.  

 

Tizim «Xavfsiz shahar» (batafsil - bu yerda) tizimi doirasida ishga tushirilmoqda. Bunda shoshilinch operativ хizmatlarning muqobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati saqlab qolinadi (101,102,103, 104 va 1050).

 

Shu tariqa, «112» yagona raqami vositasida quyidagilarni chaqirish mumkin:

  • IIO yongʻin хavfsizligi хizmatlari;
  • IIO jamoat tartibini saqlash. tartibbuzarliklarni profilaktika qilish va jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlinmalari; 
  • shoshilinch tibbiy yordam хizmatlari;
  • gaz tarmoqlarining avariya хizmati;
  • FVV qutqaruv хizmatlari.

 

Tizimning sinov tariqasida Samarqandda ishga tushirilishi 2018 yilning 1 oktyabriga rejalashtirilgan, 2019 yilda esa yagona raqamni mamlakatimizning boshqa hududlarida joriy etish masalasi hal qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 7.12.2017 yilda kuchga kirdi.    

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.