Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

16 martdan boshlab Tojikiston fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kunga vizasiz kira oladilar

15.03.2018


Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ–3604-son qarori imzolandi. Hujjat davlatimiz rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan.

 

Oʻzbekiston Dushanbe shahrida 2018 yil 9 martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqladi. U Prezident Sh. Mirziyoyevning qoʻshni mamlakatga davlat tashrifi doirasida tuzilgan edi.

 

Tojikiston хuddi shunday yoʻsinda tasdiqlaganidan soʻng Bitim kuchga kirishiga qaramay, Oʻzbekiston uni mamlakatimiz hududiga kiruvchi, undan chiquvchi, tranzit oʻtuvchi va unda vaqtincha boʻluvchi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan 2018 yil 16 martdan boshlab qoʻllay boshlaydi.

 

Ilgari TIV хabar berganidek, Bitimda ikkala mamlakat fuqarolari uchun boshqa davlat hududida 30 kun davomida vizasiz boʻlish imkoniyati nazarda tutilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.