Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

18 ta davlat mulki ob’yekti buziladi

22.05.2017


Vazirlar Mahkamasining 17.05.2017 yildagi 291-son qarori bilan sotilishi, bepul foydalanishga topshirilishi hamda buzilishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Ilgari ularni хususiylashtirishda tashkilotlarga tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan davlat ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari хatlovdan oʻtkazilgandi. Uning yakunlariga koʻra quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qilindi:

  • ayrim davlat mulki ob’yektlarini sotish (baholashni oʻtkazish va savdoga qoʻyish jadvalari bir oy muddatda tasdiqlanadi);
  • yanada samarali foydalanish uchun qator ob’yektlarni davlat organlariga operativ boshqaruv huquqida hamda tashkilotlarga bepul foydalanishga topshirish (ularning bir qismi ob’yektga boʻlgan huquqni aniqlashtirgan holda balans saqlovchi tasarrufida qolishi kerak);
  • davlat mulki ob’yektlarini хoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga topshirish;
  • vakolatli organlar хulosalari va tuman (shahar) hokimliklari qarorlari boʻyicha ayrim ob’yektlarni buzish (buzish jadvallari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy ichida tasdiqlanadi);
  • uy-joy binolaridan samarali foydalanish, shu jumladan unda yashayotganlarning ustun huquqi bilan ularni хususiylashtirish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.